Farmatsevt mashhur dorining xavfidan ogohlantirdi

© Javiercorrea15Jenshina s tabletkami
Jenshina s tabletkami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Farmatsevt Gerrini: tarkibida kodein bo‘lgan og‘riq qoldiruvchi dorilarni tez-tez qabul qilish organlar bilan muammolarni keltirib chiqaradi.
Tarkibida kodein bo‘lgan og‘riq qoldiruvchi dorilar ehtiyotsizlik bilan qabul qilinganda salomatlik uchun zararli bo‘lishi mumkin. Bu haqida Daily Express gazetasiga farmatsevt Juliya Gerrini so‘zlab berdi.
“Bunday dorilar shifokor retseptisiz sotilsada, ularni uch kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Men undan faqatgina zarurat tug‘ilganda foydalanishni maslahat beraman”, deya tushuntirdi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kodeinni tez-tez qabul qilish jigar va buyrakka zarar keltirishi yoki o‘tkir pankreatit (oshqozon osti bezi yallig‘lanishi) ga olib kelishi mumkin. Dorini meyordan ortiq iste’mol qilish unga qaram bo‘lib qolishga ham olib keladi.
Preparatga o‘rganib qolish esa uzoq muddatli psixik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi xabarda.
“Miyaning ba’zi qismlari zararlanishi, bu esa surunkali depressiya va tashvishlanish hislarining rivojlanib ketishiga sabab bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Agar bemor tavsiya qilingan dozadan ortiq iste’mol qilish kerak bo‘lganda, yoki dori oldingidek yaxshi ta’sir ko‘rsatmasa, shifokorga murojaat qilishni tavsiya qildi.
Gerrinining maslahatiga ko‘ra, har xil og‘riq qoldiruvchi dorilarni tanlash, preparat tarkibi qanday bo‘lmasin, avvalombor, shifokorga murojaat qilish lozim.
Mavzuga oid:
O‘RVI bilan kasallanganda qanday dorilarni bir vaqtda ichish mumkin emas
Qanday mahsulotlar tromboz keltirib chiqaradi
Qon bosimi pasayganda qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerak
Yangiliklar lentasi
0