Farrux Omonov prezident administratsiyasi sho‘’ba mudiri etib tayinlandi

© Facebook / Farruh OmonovFarrux Omonov naznachen zaveduyushim sektorom Administratsii prezidenta.
Farrux Omonov naznachen zaveduyushim sektorom Administratsii prezidenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Farrux Omonov Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri etib tayinlandi.
TOShKENT, 21 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Farrux Omonov prezident administratsiyasi sho‘’ba mudiri etib tayinlandi.
Omonov 1988-yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisidir.
Bojxona qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi
U 2019-yil dekabridan 2020-yilning noyabriga qadar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2011—2015 yillarda Moliya vazirligida, 2015—2019 yillarda Savdo-sanoat palatasida ham mehnat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0