Nega planshet bolalar uchun xavfli - psixolog fikri

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishShShkolniki na uroke informatiki s planshetnim kompyuterom v rukax
ShShkolniki na uroke informatiki s planshetnim kompyuterom v rukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Telefon yoki planshetda o‘yin o‘ynayotganda bolalar abstrakt belgilar bilan ishlaydi. Bolalarda miya qobig‘i hali yetishmagan bo‘ladi, shuning uchun ular gadjetdagi axborotlarni kattalardek qabul qilmaydi.
Neyropsixologiya- psixologiya va nevrologiya kesishmasidagi fanlararo yo‘nalish. Uning maqsadi - bosh miya tuzilishining qanday bog‘langanligi va aqliy jarayonlarni o‘rganish.
Rossiyadagi yetakchi neyropsixologlardan biri Andrey Svetkov to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalarga planshet berishni tavsiya qilmaydi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, oxirgi vaqtda dunyoda nutq buzilishi hamda aqliy jarayonlar bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekayotgan bolalar soni ko‘paygan.
Svetkovning tushuntirishicha, neyropsixologlar miyaning normal rivojlanishi va patologiyada qanday rivojlanishi, shuningdek, miya tuzilmalari belgi funksiyasining rivojlanishi bilan qanday bog‘liqligi haqida ma’lumotlarni solishtirishni boshladilar. Masalan, kattalarda nutq, rasmlar va raqamlar bosh miya qobig‘iga bog‘liq.
“Aniq bilamiz - bolalar miya qobig‘i yetilmagan, va ya’ni aholining to‘rtdan birida nutq va boshqa aqliy jarayonlar buzilishlarni kuzatapmiz”, - deydi Andrey Svetkov.
Nutq buzilishining sabablaridan biri bu gadjetlar sabab kelib chiqayotgan ma’lumotlarning haddan tashqari ko‘p yuklanishi, qabul qilinishi. Svetkovning fikricha, hozir bolalarga qo‘yiladigan talablarning hammasi ham oqilona emas: ba’zi ota-onalar bolalarni maktabgacha bo‘lgan yoshda ko‘p o‘qitish kerak deb hisoblaydi. Biroq bunday harakatlar ruhiy holatining ko‘proq yuklamalar bilan ishlashiga olib kelmoqda.
“Ko‘pincha, 80-100 yillar oldin paydo bo‘lgan yosh normalari eksirgan va hozirgi davrda bolalarni boshqacha rivojlantirish kerak degan fikrni gapirishadi. Agar so‘nggi qirq ming yil ichida aqlli inson miyasida hech qanaqa anotomik o‘zgarishlar bo‘lmaganini hisobga olsak, yuz yilda aqliy rivojlanish meyorlari buzilgan deya hech tasavvur ham qila olmaymiz”, deya ta’kidladi mutaxassis.
Bolalarda O‘RVI nega qaytalaydi
Shu bilan birga, ruhiyatga ta’sir qiladigan omillar o‘zgarib bormoqda. Televizor planshetga qaraganda bolaga kamroq ta’sir ko‘rsatar edi, chunki hatto ekran qarshisida o‘tirganda ham, bola o‘yinchoqlar bilan o‘ynar va tasavvur, harakatchanlikni rivojlantirardi.
“Qishloqda vaqtidan oldin bolalarga bolta berilmaganidek, maktab yoshiga yetmagan bolaga ham planshet berish mumkin emas”, - deydi Andrey Svetkov. Gadjetlar bilan o‘ynayotganda bolalar abstrakt belgilar bilan ishlaydi. Agar ular oddiy o‘yinchoqlar o‘ynasa, psixikasi boshqacha rivojlanadi”, deya fikrini yakunladi neyropsixolog.
Yangiliklar lentasi
0