Britaniya olimlari: omikron shtammi o‘pka uchun deltadek xavfli emas

© REUTERS / DADO RUVICVrach so shpritsom i patsiyent na fone nadpisi "Omicron SARS-CoV-2"
Vrach so shpritsom i patsiyent na fone nadpisi Omicron SARS-CoV-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, “omikron” shtammi o‘pka uchun delta shtammidek xavfli emas.
Britaniya olimlarining ta’kidlashicha, “omikron” shtammi o‘pka hujaylari uchun “delta”dek xavfli emas va koronavirusning yovvoyi turi, deya xabar qilindi Kembrij institutining terapevtik immunologiya va infeksion kasalliklar yangi tadqiqotida.
“Biz “omikron”ning “delta” va yovvoyi turdagi D614G (shtamm)ga qaraganda, turli kirib borish samaradorligini kuzatdik. SARS CoV-2 infeksiyasi organoidlar va o‘pka Calu-3 hujayralarida (dorilarni ishlab chiqishda model sifatida foydalanilgan hujayra liniyalari) “delta” va D614G ga qaraganda “omikron” shtamida zaiflashdi”, deyiladi tadqiqotda.
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, delta va D614G shtammi bilan solishtirganda Calu-3 hujayralarida yuqumlilik kamayishi, “jips oqsilning deltaga qaraganda nisbatan past bo‘linishi" bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yana shu bilan birga, H1299 o‘pkaning boshqa epiteliya hujayralarda ham olimlar bir xil perenatratsion samaradorlikni kuzatganligi qayd etilgan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda yig‘ilishdan so‘ng Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi variantini “tashvishga soluvchi” deya tasniflashga qaror qilgan edi. Yangi B.1.1.529 shtami JSST tomonidan yunoncha “omikron” harfi bilan nomlangan.
Mavzuga oid:
"Omikron” biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin - JSST
Omikron shtammining ilk surati chop qilindi – foto
Virusolog "omikron"ni tabiiy vaksina deb atadi
Yangiliklar lentasi
0