“Omikron” sichqon va kalamushlarga yuqmoqda – Rospotrebnadzor

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMish na futbolnom pole
Mish na futbolnom pole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
“Omikron” sichqon va kalamushlarga yuqmoqda - Rospotrebnadzor rahbari.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. “Omikron” sichqon va kalamushlarga yuqmoqda, avvalgi shtammlarda bunday bo‘lmagan, dedi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.

"Omikron" shtammi

Ilk bor 11-noyabr kuni Botsvanada aniqlangan "omikron" shtmmi undan so‘ng JARda,keyin Gonkong va boshqa davlatlarga tez tarqalib ketgan edi. Bugungi kunda "omikron" shtammi dunyoning 63 mamlakatida aniqlangan.
Hozirga qadar o‘tkazilgan izlanishlar natijasida omikron shtammining o‘ta yuqumliligi, koronavirusning boshqa shtammlaridan ustun kelishi aniqlangan. Masalan JARda "omikron" paydo bo‘lganidan so‘ng bir oy ichida "delta" shtammni siqib chiqargan.
Rossiyalik virusologlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra "omikron" shtammi "tabiiy vaksina" bo‘lishi mumkin. Chunki koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlarda kasallikning og‘ir kechishi yoki o‘lim holatlari juda kam uchraydi. Lekin "omikron"ga chalinib keyin tuzalganlarda koronavirusning boshqa shtammlariga qarshi immunitet paydo bo‘ladi, deb xabar qilishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0