Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi

Saxar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Diyetolog Pigareva: gazli ichimliklar, souslar, sut mahsulotlari va muslida shakar “yashiringan”
Qanday mahsulotlar tarkibida “yashiringan” shakar bor va buni qanday aniqlash mumkin? Bu haqida V.V.Vinogradov nomidagi shifoxonasi klinik diyetologiya bo‘limi mudirasi, tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt, diyetolog Yuliya Pigarova Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ba’zi insonlar butunlay shakardan voz kechdim deb xato o‘ylaydilar,- deydi u.- Gazli ichimliklardan tortib musli (to‘g‘ralgan mevalar, yong‘oqlar va boshqa turli donlardan tayyorlangan nonushta uchun tayyor yorma)gacha va yana ko‘p mahsulotlarda shakar “yashiringan” bo‘ladi”.
“Birinchi o‘rinda - gazli ichimliklar: ular tarkibida ko‘p miqdorda shakar bor. Shirin ichimliklarni odam ko‘proq ichishi mumkin. Asosan tomat pastasidan tayyorlangan souslar, turli xil ketchuplar. Odatda, odamlar bu kabi mahsulotlarda keragidan ortiq shakar borligini bilmaydi. Shuningdek, mevali yogurtlar va tvorogli masalliqlar, shirin sutli mahsulotlar, turli xil yormalar va nonushta uchun tayyor mahsulotlarda ham shakar ko‘p”, deydi Pigarova
Inson bir sutkada o‘rtacha 1700 kilokaloriy sarf qiladi. JSST tavsiyasiga ko‘ra, ratsionda oddiy uglevodlar hissasi 5-10% dan oshmasligi kerak. Bu degani, biz iste’mol qilayotgan mahsulotlarda to‘qqiz choy qoshiqdan oshmagan miqdorda shakar bo‘lishi kerak. Mahsulotning kaloriyaliligini va uning tarkibidagi oddiy uglevodlarni aniqlash uchun mahsulot yorlig‘ini diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, deydi mutaxassis
“Masalan, tarkibga ko‘ra mahsulotda shakar yo‘q, ammo baribir, unga topinambura, agava kabi turli sirop qo‘shilgan bo‘ladi. Bu esa oddiy shakar degani. Tibbiyotda tabiiy shirinlashtiruvchi vositalar oddiy shakarga qaraganda afzalroq, biroq shunda ham uning qancha miqdorda iste’mol qilinishi muhim. Bunday oddiy shakarlar bir sutkalik kaloriyalik hajmi bilan hisoblanishi kerak. Bunda mahsulot yorlig‘ini o‘qish juda muhim”, deya ta’kidladi Pigarova.
“Agar mahsulot tarkibida baribir shakar bo‘ladigan bo‘lsa, unda shakar eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak, (yorliqlarda mahsulotning tarkibiy qismi ular miqdorining kamligiga qarab ko‘rsatiladi,- tahr.sharhi), deydi diyetolog
Mavzuga oid:
Qondagi qand miqdorini kamaytirib yurish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim
"Shirin og‘u": olimlar shakarning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar
Yangiliklar lentasi
0