Hodisalar

Qidiruvdagi fuqaro jarimaga eʼtiroz bildirish uchun YHXBga kelganda ushlandi

© Sputnik / Stas EtveshArest, arxivnoye foto
Arest, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.12.2021
Qoidabuzarligi boʻyicha jarimasiga eʼtiroz bildirib shaxs qator jinoyatlarni sodir etish gumoni bilan qidiruvda boʻlgan.
TOSHKENT, 21 dek – Sputnik. Toshkent viloyatida yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga kelgan fuqaro muqaddam jinoyat sodir qilganlikda ayblanayotgani va hozirda qidiruvda ekani maʼlum boʻldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) matbuot xizmati xabar berdi.
17 dekabr kuni fuqaro E.S. qoidabuzarligi boʻyicha jarimasiga eʼtiroz bildirib, viloyat YHXBga murojaat qilgan.
Fuqaroniing maʼlumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganda u qidiruvdaligi maʼlum boʻlgan.
Qashqadaryoda YPXga xodimi talabiga boʻysunmagan “Lacetti”ning oynasi sindirildi – video
U "qasddan badanga yengil shikast yetkazish”, “oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish” va “talonchilik” moddalaridagi jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.
E.S. qoʻlga olingan va Chirchiq shahar IIBga topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala