Jamiyat

Qirqdan ortiq fuqaro ishlash uchun Novosibirsk shahriga joʻnab ketdi

© Sputnik / Marina Lыstseva / Fotobankka oʻtishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.12.2021
41 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaning Novosibirsk shahriga joʻnab ketdi.
TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. 41 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaning Novosibirsk shahriga joʻnab ketdi.
Pilot loyiha doirasida respublika boʻylab Rossiya Federatsiyasining qator yirik ish beruvchi tashkilotlari boʻsh ish oʻrinlari uchun tashkil etilayotgan tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan navbatdagi guruh - 41 nafar fuqaro Novosibirsk shahriga joʻnab ketdi.
Fuqarolarning 21 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida va 5 nafari esa Namangan viloyatida tashkil etilgan tanlovlarda ish beruvchi tomonidan tanlab olingan.
Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar bilan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi.
Tibbiy koʻrik va ishlash huquqini beruvchi patent uchun kerak boʻladigan aksariyat hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari Oʻzbekistonda amalga oshirilmoqda.
Rossiyada qurilish sohasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun tanlov jarayonlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala