“UzAuto Motors” 5−17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan avtomobillarni chaqirib oladi

© GM UzbekistanNexia 3
Nexia 3 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Kompaniya bu avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liqligini bildirgan.
TOShKENT, 21 dek – Sputnik. "UzAuto Motors” kompaniyasi 2021-yil 5-17 dekabrda ishlab chiqarilgan “Nexia”, “Cobalt” va “Lacetti” avtomobillarini chaqirib olish dasturini e’lon qildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, bu avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq.
Ta’kidlanishicha, barcha ishlar "UzAuto Motors” AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Avtomobillari chaqirib olish dasturiga to‘g‘ri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi.
Mavzuga oid:
“UzAuto Motors” qator avtomobillarni sotish bo‘yicha arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi
“UzAuto Motors” “Captiva” xaridorlariga pullarini qaytarishni boshladi
“UzAuto Motors” avtomobillarni nima sababdan don omborida saqlamoqda
"UzAuto" "Captiva 5" uchun "cheksiz uzr" so‘radi
Yangiliklar lentasi
0