Iqtisod

Aholining ayrim qatlamiga 800 ming soʻmdan bir martalik yordam puli tarqatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Prezident qarori bilan dekabr oyida aholining ayrim toifalariga bir martalik moddiy yordam beriladi.
TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.
2021 yilning dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:
2021 yil davomida "temir daftar" roʻyxatida boʻlgan oilalarga;
18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala