Kolumnistlar

AQShni uyalish kutmoqda: Rossiyadan uzr soʻrashga toʻgʻri keladi

© AP Photo / Patrick SemanskyPrezident SSHA Djo Bayden na press-konferentsii po itogam peregovorov s prezidentom Rossii Vladimirom Putinыm v Jeneve
Prezident SSHA Djo Bayden na press-konferentsii po itogam peregovorov s prezidentom Rossii Vladimirom Putinыm v Jeneve  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Gʻarbda Rossiya belgilagan qizil chiziqlarga qanday munosabat bildirish kerakligi haqida bahslashishmoqda: Moskva tomonidan topshirilgan AQSH bilan shartnoma va NATO bilan bitim loyihalarini shunchaki rad etib boʻlmaydi.
Keskin strategiya tarafdorlari, yaʼni Rossiyani yomonotliq qilish va u bilan umumiy qarama-qarshilikni davom ettirishga pul tikayotganlar, oʻxshash manfiy munosabatning boʻlmasligi, Rossiya takliflarini muhokama qilishga rozilik berish haqida gapirmasa ham boʻladi, nafaqat Rossiyaga yon berish, balki Putinni uni “Ukrainaga hujumga” turtib qoʻyuvchi ragʻbatlantirish ham boʻlishidan xavotir olishmoqda.
“The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, “Putin talablari AQSH va NATO haqorat qilmoqda” va “uning mustahkamlanayotgan ishonchini, ehtimol, Gʻarb uni toʻxtatish uchun biror bir jiddiy ish qilmasligi qatʼiy ishonchini namoyish etmoqda”.
Rossiyaning u Ukrainaga hujum qilmoqchi emasligiga atlantchilarni ishontirish behuda, qolaversa, Gʻarbning oʻzi uydirib chiqargan “rus tahdidi” voqeligiga oʻzi ishonib qolgan hozirgi sharoitlarda bizning oʻzimizning tinchliksevarligimizni isbotlash nafsiz.
Bir oy oldin Vladimir Putin aytganidek, qoʻyaver, biroz asabiylashishsin, “soʻnggi ogohlantirishlarimiz baribir muayyan taʼsir koʻrsatadi” va Gʻarbda uzoqroq “maʼlum keskinlik” saqlanishi uchun zarur.
Boshqacha qilib aytganda, Gʻarbda yigʻilgan rusofob energiyani oʻziga qarshi yoʻnaltirishga urinmoqdamiz.
Boz ustiga atlant strateglarining idrokli qismi Rossiya manfaatlarini eʼtiborga olmaslik siyosatining foydasi yoʻqligini tushunadi: Rossiya bilan nafaqat balki kelishib olish mumkin, balki zarur ham.
Gʻarb Rossiyaga nima deb javob berishni bilmayapti
Har yer va har narsada ham buni amalga oshirishning iloji yoʻq, lekin oʻzaro manfaatlarni inobatga olish boʻlsa, unda kelishib olish ehtimoli bor. Bu turli mintaqaviy muammolar va mojarolarga ham taalluqli.
Axir Rossiyaning sobiq sovet hududidan tashqarida manfaatlari ham bor – unga nisbatan maksimal qatʼiy chiziqlarni oʻtkazamiz. Bizning dunyoning deyarli turli mintaqalarida manfaatlarimiz bor. Ustiga ustak geografik joylashishimizni inobatga olgan holda, bu mintaqalar katta qismi bilan biz uchun qoʻshnilardir.
Haqiqatdan, Rossiya Norvegiya bilan ham, Moʻgʻiliston bilan ham chegaradosh nafaqat yevroosiyo derjavasi, - biz yana Tinch okeani derjavasi. Boshqacha qilib aytganda, nafaqat Xitoy va Yaponiya, balki butun Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi ham – ASEAN mamlakatlari – biz uchun yaqindir.
Yaqin Sharq – bu umuman chegaraoldi mintaqasi, chunki Kaspiyda Eronga qoʻshnimiz. Faqat Janubiy Amerika (garchi bizni Tinch okeani ajratib tursada) va Afrika chegaralarizdan uzoqda, biroq u yerda ham bizning jiddiy manfaatlarimiz va tarixiy aloqalarimiz bor. Sovet davrlarida boʻlgani kabi butun dunyoni Rossiya uchun kurash maydoni deb koʻrish Gʻarb uchun aqlsizlik.
Biz uchun dunyoda xaos boshlanishiga, dunyoning ayrim mintaqlarida beqarorlik yuzaga kelmasligiga yoʻl qoʻymaslik oʻta muhim. Bu mintaqalarning katta qismi qoʻshnilarimiz boʻlgani va qoʻshni koʻchadagi yongʻin bizga kerakmasligi uchun.
Rossiya yangi dunyo tartibini xohlaydi va uni yaratish ustida ish olib bormoqda, ishonchimiz komilki, uni boshqa derjava-tsivilizatsiyalar bilan birgalikda barpo qilamiz. Biroq bizga anlantik loyihaning barbod boʻlishining sekinlashishi emas, balki tugab borayotgan anlantik, gʻarb davrdan yangi dunyoga nazorat qilinuvchi oʻtish zarur.
Va bu, aytgancha, Gʻarbning oʻzining strategik manfaatlariga javob beradi. Unga boʻlish qoʻlidan kelmagan gegemon pozitsiyadan nufuzli global oʻyinchi pozitsiyasiga boshqariladigan oʻtish kerak. Keyin hammasi Afgʻoniston usulidagi vahimali qochishga aylanmasligi uchun Yaqin Sharqdan chekinishning obdon oʻylangan rejasi zarur.
“The Foreign Policy”da paydo boʻlgan Anatol Livenning “Yaqin Sharqda Rossiya haq” maqolasi qiziq. Liven nima sababdan biz doimo Rossiya xalqaro tartibni buzishga intilmoqda deb gapiramiz:
“Mintaqada soʻnggi yigirma yil ichida kvo maqomini jiddiy buzuvchi sifatida aynan AQSH boʻlgan. Rossiya asosiy masalalar boʻyicha Amerika siyosatiga qarshi turdi va bu vaqt oʻtishi bilan nafaqat Moskva va mintaqa, balki hatto AQSH va Gʻarbning nutqai nazaridan toʻgʻriligi maʼlum boʻldi”.
Rossiyaning Gʻarbga ultimatumi: u qabul qilinmasa nima boʻladi?
Tabiiyki, Rossiya oʻz siyosatini oʻz manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqmoqda. Ammo u Gʻarbning manfaatlariga mos kelishi tasodif emas. Rossiya tashqi siyosat va Yaqin Sharq davlatlarining xavfsizligi sohasidagi xatti-harakatlari nafaqat oʻziga sadoqatli, balki ayrim qismlari amerika elitasiga yaqin boʻlgan hisob-kitob asosida qurilgan.
Anatol Liven Vladimir Putin amerikaliklarning Iroqqa bostirib kirishlariga, Liviya operatsiyasiga qarshi chiqqani va umuman davlatlarning barbod boʻlishi va xaosni bashorat qilib, “demokratiya eksporti” urinishlarini qoralaganini eslatgan. Natijada bu roʻy berdi, yaʼni ruslar haq boʻlib chiqdi, amerikaliklar esa yoʻq.
Shu bilan birga amerikaliklar baʼzan realist boʻlishlari mumkin edi: Liven 2011 yilda Jo Bayden va Hillari Klinton Obamaga Misr prezidenti Muborak isteʼfosi talabini qoʻllab-quvvatlamaslik maslahat berishgani, chunki uning oʻrnini bosuvchi hech kim yoʻqligini aytishganini eslatgan.
Ularni arab dunyosidagi ular uchun muhim boʻlgan mamlakatdagi xaos bizga doʻst boʻlgan Suriyada Asadni agʻdarishni xohlamagan Rossiyani qoʻrqitgandek qoʻrqitdi. Axir Yaqin Sharqdagi umumiy yongʻin Shtatlar aybi bilan boshlandi-ku: amerikaliklar oʻzlarining Iroqqa bostirib kirishlari bilan Pandora qutisini ochishdi.
Liven nima sababdan Rossiya idrokli amerikalik maslahatchilar tarafdori boʻlgan oʻsha chiziqlar uchun qoralanishga sazovorligini tushunish qiyinligini yozadi. Garcha bu yerda bari ayon boʻlsada, Vashington shunchaki Rossiyani ushlab turish va unga qarshi kurash mantigʻi bilan harakat qiladi.
Ukraina, kiberxavfsizlik, hamkorlik: Putin va Bayden nima haqida suhbatlashdi
Hozir Bayden maʼmuriyati Rossiya bilan ikki mamlakat manfaatlari mos kelgan joylarda hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qilmoqda, deya eslatadi Liven:
“Soʻnggi yigirma yil mobaynidagi Yaqin Sharq tarixi, hech boʻlmaganda, bu sohada hamkorlik qilish uchun mustahkam asos borligini isbotlamoqda. Ammo uning keyingi rivojlanishi uchun amerikalik siyosatchilar, hech boʻlmasa oʻzlari uchun, Rossiya koʻp marotaba haq boʻlib chiqqani, Amerika esa yoʻqligini tan olishlari shart”.
Bunday tan olishga umid bormi? Bu savolga javob birinchi navbatda Rossiya uchun emas, balki AQSH uchun muhim. Chunki ularning oʻzlari Yaqin Sharqda qazigan chohidan chiqishlari kerak. Oʻz xatolarini tushunmasdan, Shtatlar vaziyatni yomonlashtirishadi, xolos. Rossiya manfaatlarini inobatga olmagan holda mintaqada harakat qilish mutlaqo imkonsiz.
Bu nafaqat Yaqin Sharqqa taalluqli, biroq aynan u yerda bir-birining oʻzaro manfaatlarini muvofiqlash siyosatiga oʻtish uchun haqiqiy imkoniyat bor. Yangi dunyo tartibi ostonada – uni eʼtiborsiz qoldirmaslik zarur.
Motamsaro sammit: Nima sababdan Bayden Rossiyaga qarshi koalitsiya toʻplay olmadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala