Siyosat

Besh tumanda hokimlar oʻzgardi

© Sputnik / Ilya PitalevPortfel chinovnika, foto iz arxiva
Portfel chinovnika, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Romitan, Bulungʻur, Oqdaryo, Kosonsoy va Norin tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Oʻzbekistonning beshta tumanida yangi hokimlar tasdiqlandi. Qarorlar tumanlar xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyalarida qabul qilindi.
© Foto: xokimiyat Buxarskoy oblastiUmedjon Barnoyev
Umedjon Barnoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Umedjon Barnoyev
Buxoro viloyati Romitan tuman hokimi lavozimiga Umedjon Barnoyev tayinlandi. U tayinlovga qadar Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Umedjon Barnoyev bu lavozimda Xurshid Tohirov oʻrnini egalladi. Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Tohirov isteʼfosini tushuntirayotib dedi: “Uning tajribasini inobatga olib boshqa masʼul lavozimga tayinlashga qaror qildik”.
© Foto: xokimiyat Samarkandskoy oblastiSamandar Astanov
Samandar Astanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Samandar Astanov
Samandar Astanov Samarqand viloyati Bulungʻur tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Mazkur tayinlovga qadar u Samarqand viloyati prokurori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Tumanning avvalgi hokimi Bahodir Bahromov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oʻz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
© Foto: xokimiyat Samarkandskoy oblastiSherzod Kudratov
Sherzod Kudratov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Sherzod Kudratov
Sherzod Qudratov viloyatning Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Mazkur tayinlovga u Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Tumanning avvalgi hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Najmiddin Sulaymonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oʻz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida ham hokim oʻzgardi. Tumanning sobiq hokimi Bahodir Yusupov prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri boʻldi.
© Foto: xokimiyat Namanganskoy oblastiDilmurod Kodirov
Dilmurod Kodirov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Dilmurod Kodirov
Bugungi kunga qadar Norin tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Dilmurod Qodirov Kosonsoy tumanining yangi hokimi etib tasdiqlandi.
© Foto: xokimiyat Namanganskoy oblasti Jurabek Nurmatov
Jurabek Nurmatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Jurabek Nurmatov
Joʻrabek Nurmatov viloyatning Norin tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
U bugungi kunga qadar Norin tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala