Har kuni pishloq yesa nima bo‘ladi? Vrach javobi

© Sputnik / Aleksey FilippovSiri iz chastnoy sirovarni "Kutarinskaya ferma" i yabloki v Pushkinskom zapovednike.
Siri iz chastnoy sirovarni Kutarinskaya ferma i yabloki v Pushkinskom zapovednike.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Pishloq- tishlarni mustahkamlash va ishtahani yaxshilash uchun ajoyib mahsulot.
Vladimir Masnikov. Pishloq- tishlarni mustahkamlash va ishtahani yaxshilash uchun ajoyib mahsulot. Vrach – diyetolog Tatyana Razumovskaya RIA Novostiga bergan intervyusida pishloqning foydali jihatlari haqida so‘zlab berdi.
Tvorog, go‘shtga qaraganda pishloqda oqsil ko‘proq.

Charchoqdan xalos bo‘lasiz

100 gramm parmezan pishlog‘ida 35 gramm atrofida oqsil, gaude pishlog‘ida esa -23 gr. Taqqoslash uchun: tvorogda oqsil ikki barobar kam- 10-13 gramm, hatto mol va qo‘y go‘shtida ham 100 gramm mahsulotga 18-12 gramm oqsil to‘g‘ri keladi.
Oqsil- organizm uchun asosiy “qurilish” mahsuloti. Oqsil yetishmasligining birinchi belgisi: yuz va oyoq shishishi, tez-tez shamollash, lohaslik va charchoq. Agar ushbu belgilarga e’tibor qaratilmasa, oqibati anchayin jiddiy bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy faolligi yuqori bo‘lmagan katta yoshli odamga bir sutkada 45-55 gramm oqsil kerak. Shuning uchun pishloqni ratsiionga qo‘shish lozim, deydi vrach-diyetolog.

Ochlik haqida unutib yuborasiz

Har xil pishloq turlariga ko‘ra, mahsulotning kaloriyaligi- 250 dan 400 kilokaloriyagacha. Qo‘p miqdordagi oqsil ishtahani meyorlashtiradi va shu bilan shirinlikdan tiyib turadi. Mahsulotda to‘yingan yog‘lar ko‘p, shu sabab uni zararli deyishadi. Biroq pishloq iste’mol qilish va organizmda yomon xolesterinning ko‘payishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aniq ko‘rsatadigan hech qanday tadqiqotlar yo‘q.
“Pishloqni hatto parhezdagi odamlar ham yeyishi mumkin va bunga bir qancha “bahona”lar bor. Birinchidan, sarog‘li buterbrod haqida unutish lozim, modomiki, pishloq va sariyog‘- tarkibida juda ko‘p yog‘ bo‘lgan mahsulotlar. Ikkinchidan, tuzli pishloq sortidan voz kechish lozim, chunki u organizmda suyuqlikni ushlab turadi. Uchinchidan esa, kamroq yog‘i bo‘lgan pishloq tanlash kerak, masalan adigey yoki motsarella kabi (ikkala sortda ham 100 grammga 240 kilokaloriya to‘g‘ri keladi)- deya maslahat berdi Tatyana Razumovskaya”.

Kayfiyatingiz ko‘tariladi

Pishloqda triptofan ko‘p. Bu serotonin sintezi – quvonch gormoni uchun javob beradigan aminokislota bo‘lib, shuningdek, qonda gemoglobin miqdori hamda uyquni meyorlashtiradigan melatonin uchun ham javobgar.
Yuz gramm parmezan pishlog‘i kunlik triptofanga bo‘lgan ehtiyojni 190% , rokforning esa 360 % ni qoplashi mumkin. Yumshoq pishloqlar ham foydali: 100 gramm feta pishlog‘i (qo‘y va echki sutidan tayyorlanadi) bir kunlik normaning 85% ni qoplaydi.

Kariyes va tomir tortishishlaridan “qutulasiz”

Pishloq kalsiyga boy, shu sabab har har kuni uni iste’mol qilsangiz, tishlar va suyaklarni mustahkamlaysiz. Kalsiyga mushaklar kamayishi, yurakning bir maromda urishi, nerv impulsining qanday berilishi ham bog‘liq. Organizmga bu moddalar yetishmaganida, odam hatto to‘yib uxlaganida ham doimiy charchoqni his qiladi. Tunlari oyoq tomirlarining tortishi kuzatilishi, terining oqarib ketishi, kariyes kelib chiqishi mumkin. 100 gramm qattiq pishloqda – kalsiyning bir kunlik normasi (2000-2500 milligramm)mavjud. Bundan tashqari, pishloqda uni yaxshi hazm bo‘lishi uchun D va R vitaminlari bor.

Pishloqni qanday saqlash va iste’mol qilish mumkin?

Odatda yarimqattiq va qattiq pishloqlar muzlatkichda ikki hafta atrofida saqlanadi (agar ular qadoqlangan bo‘lsa), ammo, to‘rt oylab ham saqlanadigan pishloq sortlari bor, masalan bu gauda, golland, masdam, rus pishloqlari. Parmezanning yaroqlilik muddati- olti oygacha.
Yumshoq pishloqlar (masalan kamamber) tezroq yeb qo‘ygan ma’qul- yetti, o‘n sutkada. Agar muzxonada saqlansa, uy oygacha turadi.
Pishloq xona harorati bilan turganda shirin va xushta’m bo‘ladi. Shuning uchun uni muzlatkichdan oliboq, darhol yeb qo‘yishga shoshmang. Uni 30-40 daqiqada xona haroratiga qo‘ying.
Yangiliklar lentasi
0