Hodisalar

Ikki yuzdan ortiq baliqni noqonuniy ovlagan shaxslar qoʻlga tushdi - foto

© Sputnik / Maksim BogovidRыba
Rыba - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxslar qoʻlga tushdi.
TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Milliy Gvardiya va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi Amudaryo tuman inspektsiyasi inspektorlari bilan 21 dekabr kungi reyd tadbiri oʻtkazildi.
Unda Amudaryo tumanida yashovchi fuqarolar SH.YU, S.YE, A.Slar tomonidan Ellikqalʼa tumani Uchqoʻrgʻoq OFY hududidagi tabiiy koʻldan noqonuniy ravishda 86 dona ilonbaliq, 75 dona sazan, 48 dona qizilqanot, 2 dona sudak baliqlarini 10 dona leskali toʻr bilan ovlab kelayotgan vaqtida Ellikqalʼa tumani hududida toʻxtatilib tekshirildi.
Koʻzdan kechirish davomida tabiatga 33 696 000 soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi. Qonunbuzar fuqarolarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirildi.
Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshiruvni boshladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala