Siyosat

Mirziyoyev bosh prokurorga yer ajratishdagi poraxoʻrlik borasida yuzlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
"Katta-katta hokimlarni javobgarlikka tortsangiz, sizni hurmat qilishni boshlayman". Prezident yer ajratishdagi korruptsiya holatlari yuzasidan bosh prokurorga yuzlandi.
TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini toʻliq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda yangi tashkil etilgan Kadastr agentligi tomonidan yerlarni yalpi xatlovdan oʻtkazish va elektron roʻyxatga olish ishlarining borishi, xatlov jarayonida aniqlangan muammolar, yer ajratish va hisobini yuritishdagi korruptsiya holatlari eʼtibor markazida boʻldi.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, respublika boʻyicha 30 mingta fermer va dehqonlarga ajratilgan yer maydoni hujjatdagiga nisbatan 67 ming gektarga koʻpligi aniqlangan.
"Hammasi poraxoʻrlik. Hech kim bir gektar, bir sotix yerni bekorga bermaydi-ku. Ayniqsa, 28 ming gektar yer maydoni hokim qaroriga nisbatan amalda 234 ming gektarga kamligi maʼlum boʻldi”, - deydi prezident.
Prezident yoʻl, elektr, gaz taʼminoti, suv xoʻjaligi, obodonlashtirish obʼyektlari, koʻp qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham koʻplab muammolar mavjudligini taʼkidladi.

Hokim va prokurorlar, buning orqasida aniq pora va korruptsiya turibdi. Bosh prokuror buni yoqadimi, yoqmaydimi hammaga aytishi kerak. Pora turibdi. Bizda Konstitutsiyaga koʻra korruptsiyaga qarshi kurashadigan eng katta (organ) Bosh prokuratura. Konstitutsiyaviy burchi bularning. Oʻrtoq Yoʻldoshev, shuni hammaga qattiq aytish kerak. Buni orqasida pora turibdi, korruptsiya turibdi. Faqat majlis oʻtkazaverish emas, katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsangiz, men sizni hurmat qilishni boshlayman”, - dedi Mirziyoyev.

Kelgusi yilda aholiga ijaraga beriladigan 80 ming gektar yerni davlat roʻyxatidan oʻtkazib, keyin tanlovga chiqarish vazifasi qoʻyildi.

Mavzuga oid:

Dehkonchilik uchun 1 gektargacha yer ijaraga beriladi
Toshkentda 1 gektar yerni 200 ming dollarga olib berishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi
Jizzaxda tadbirkorga tegishli yerni 45 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
“Million dollarlar”: uch viloyatda yerni noqonuniy sotmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala