Noqonuniy migratsiya sohasidagi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish kerak - ekspert

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada noqonuniy migratsiya sohasidagi og‘ir jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish zarur - ekspert
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyada noqonuniy migratsiya sohasidagi og‘ir jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish zarur, dedi Xalqaro politsiya uyushmasi Rossiya bo‘limi rahbari Yuriy Jdanov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.

"Noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishimiz kerak. IIV va FXX tezkor bo‘linmalarining tezkor-qidiruv faoliyatiga innovatsion va ijtimoiy muhandislik vositalarini joriy etishni jadallashtirish lozim,” - dedi Jdanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagi noqonuniy migrantlarning umumiy soni - 2,5-10 million oralig‘ida o‘zgaradi.
“Huquqiy qoidalarni soddalashtirish uchun migratsiya qonunchiligini modernizatsiya qilish va qat’iylashtirish zarur, birinchi navbatda, migrantlarni elektron nazorat, eng so‘nggi axborot texnologiyalari imkoniyatlari, biometrik identifikatsiya qilish vositalari yo‘nalishida", - deb qo‘shimcha qildi ekspert.
Siz uchun mavzuga doir qiziqarli materiallar:
Ekspert: 2022-yilda Rossiyaga migrantlar oqimi ko‘payadi>>
Migrantlarning maoshi: so‘rov natijalari>>
Migratsiya siyosati bo‘yicha qator yig‘ilishlar o‘tkaziladi>>
Yangiliklar lentasi
0