Siyosat

Oʻzbekistonda 2021 yilda jangovar shaylikni tekshirish ikki baravarga koʻpaydi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaVnezapnaya proverka boyegotovnosti voorujennыx sil Uzbekistana na poligone Forish
Vnezapnaya proverka boyegotovnosti voorujennыx sil Uzbekistana na poligone Forish - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Respublikada 20 ta poligon yangidan qurilib taʼmirlangan va zamonaviy oʻquv-moddiy baza bilan jihozlangan.
TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. 2021 yilda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi qoʻshinlarini doimiy jangovar shayligini ushlab turish maqsadida 1 100 dan ortiq toʻsatdan tekshiruvlar real jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilgan sharoitda oʻtkazilgan. Bu haqda mudofaa vaziri oʻrinbosari Hamdam Qarshiyevning Qurolli Kuchlar Akademiyasida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi yigʻilishida bergan hisobotida maʼlum qilindi.
“Natijada tezkor tayyorgarlik tadbirlari soni oʻtgan yilga nisbatan 2 baravarga ortib, qoʻmondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligi oshirilgan”, - deyilgan Senat matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, respublikada 20 ta poligon yangidan qurilib taʼmirlangan va zamonaviy oʻquv-moddiy baza bilan jihozlangan. Ulardan 12 tasi xalqaro talablarga mos ravishda qurilib, harbiy musobaqalarni soha yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazish hamda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Mudofaa vazirligi qoʻshinlar shayligini qoʻqqisdan tekshirishni boshladi
Har yili takrorlanib oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga chek qoʻyilib, haftaning ketma-ket 4 kuni faqat jangovar tayyorgarlikka qaratilgan hamda amaliy mashgʻulotlar sifati va soni oshirilgan.
Mudofaa vazirligining 300 ga yaqin harbiy xizmatchilari qator mamlakatlarda, jumladan, Rossiya oliy harbiy taʼlim muassasalari va oʻquv markazlarida taʼlim olib kelib, tayyorgarlikdan oʻtgan.

Mavzuga oid:

Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishini oʻtkazdi
Oʻzbekiston havo hujumidan himoya qilish tizimini yanada kuchaytiradi
Qoʻshinlar jangovar shayligi yana toʻsatdan tekshirildi
Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan chegarani qoʻriqlashni kuchaytirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala