Iqtisod

Prezident nazorati: Shavkat Mirziyoyev OKMKga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya xodom rabot na mestorojdenii Yoshlik-1
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya xodom rabot na mestorojdenii Yoshlik-1 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan shaxsan tanishdi.
TOSHKENT, 22 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Toshkent viloyatiga Olmaliq tashrif buyurib, u yerda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
OKMKda olib borilayotgan ishlar haqida prezidentga batafsil maʼlumot berildi. Unda aytilishiga koʻra, 2017 yilda bu yerda yiliga 3 mln. m3 kon shlari bajarilgan boʻlsa, bugungi kunda yiliga - 40 mln. m3ni tashkil qilmoqda. Bunday oʻsishga sabab - 500dan ortiq zamonaviy texnikalar olib kelishi boʻlgan.
Shavkat Mirziyoyev aytishiga koʻra, ushbu kon boshqa konlarni rivojlantirishga xizmat qilishini maʼlum aytib oʻtdi.
"Bu kon - katalizator. Uni samarali oʻzlashtirish bilan birga kichik konlar boʻyicha ham yangi yoʻnalish qilish kerak. Bu ham qoʻshimcha ish oʻrinlari, katta eksport degani", - dedi prezident.
Maʼlumot uchun, OKMK - Oʻzbekistonning eng yirik korxonalaridan biridir. Uning YAIMda - 7%, eksportda - 15 %ni tashkil qiladi. Kon hududi 11 ming gektar, yiliga 65 million tonna maʼdan qazib olish quvvatiga ega. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor. Ularni qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilmoqda.
Loyiha doirasida, shuningdek, ohak zavodi, 650 megavattli elektr tarmogʻi va boshqa infratuzilma obʼyektlari barpo etiladi. Jami 6 ming kishi ish bilan taʼminlanadi.
Aytish joizki, 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi - Rossiya bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Xususan, Rossiyaning "Uralmashzavod" korxonasidan umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng boʻlgan aspob-uskunalar sotib olish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala