Qamchiq dovonida vaziyat yaxshi - video

© GUBDD MVD UzbekistanaPereval Kamchik 22-dekabrya
Pereval Kamchik 22-dekabrya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Qamchiq dovonida transport harakati to‘liq amalga oshirilmoqda, to‘xtab qolgan transport vositalari yo‘q - YHXBB.
TOShKENT, 22 dek- Sputnik. Ayni damda Qamchiq dovonida vaziyat yaxshi, yo‘lning qatnov qismi qordan tozalangan, transport harakati to‘liq amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV YHXBB.
"Qamchiq" dovonidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li maxsus texnikalar yordamida qordan tozalandi. Yo‘lga qum va tuz sepish ishlari amalga oshirilib, muzlamalar yuzaga kelishining oldi olindi",- deyilgan xabarda.
Shu bilan birga YHXBB barcha haydovchilardan tezlik meyoriga rioya qilish, oraliq masofani saqlash va o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni so‘rab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun tongi soat 04:00 larda Qamchiq dovonida shiddatli qor yog‘ishi kuzatilgan edi. Dovon orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 230-245 kilometrlari oralig‘ida haydovchilardan o‘ta ehtiyot bo‘lish so‘ralgan edi.
Yangiliklar lentasi
0