Qirg‘iz-tojik chegarasida qurol qo‘llash holati: haydovchi jarohat oldi - video

© Sputnik / Igor Yegorov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie voorujennix sil Kirgizii
Voyennoslujashie voorujennix sil Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston harbiylari “KamAZ” yuk mashinasiga o‘t ochdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Tojikiston harbiylari “KamAZ” yuk mashinasiga o‘t ochdi, haydovchi Qirg‘iziston fuqarosi yaralandi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Davlat chegara xizmatiga asosan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, holat qirg‘izistonlik haydovchi “KamAZ” rusumli yuk mashinasida Batken viloyati Leylek tumani Maqsat-Jashtik yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda yuz berdi.
Qirg‘iziston chegara xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:
Haydovchi ariqdan suv olish uchun to‘xtagan. Shu vaqtda 3 nafar tojikistonlik harbiy xizmatchi unga yaqinlashib, mashinaga o‘tiradi va Tojikiston hududiga borishni talab qildi.
Haydovchi tojik chegarachilari bilan birga harakatlanadi. U o‘ziga e’tibor qaratish maqsadida yo‘l bo‘ylab ketayotgan boshqa mashinaning yo‘lini to‘sadi va tojikistonlik harbiylar tomonidan qo‘lga olinganini haqida baqiradi.
Tojikiston chegarachilari mashinadan tushadi, haydovchi esa harakatni davom ettiradi.
Tojikistonlik harbiylar “KamAZ”ga qarata - g‘ildirak va old oynaga 3-marta o‘q uzishdi. Buning oqibatida singan oyna bo‘laklaridan haydovchi timdalandi.
Ikki davlat chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik Tojikiston ma’lum qilishicha, chegarada yuz bergan bu hodisani Tojikiston rasmiylari ham tasdiqladi.
Yangiliklar lentasi
0