Qozog‘iston AES qurish bo‘yicha Rossiya taklifini ko‘rib chiqmoqda

AES «Dukovani” na yugo-vostoke ot Trshebicha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
AES Qurishda Qozog‘iston uni maksimal darajada mahalliylashtirish shartini qo‘yadi, jumladan "yonilg‘i jamlanmalarini" ham.
TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Qozog‘iston AES qurish bo‘yicha Rossiya taklifini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.
Shuningdek, AES qurish bo‘yicha Xitoy va Fransiya hamda AQShning ikkita kompaniyasi ham takliflar yuborishgan, deyilgan xabarda.
Qozog‘iston Milliy Faravonlik fondi "Samruk-Kazina" rahbari Almasadam Satkaliyev aytishiga ko‘ra yuborilgan takliflar orasida "Rosatom" taklifi eng samaralilardan biri.
"Eng samarali yechimlardan biri, bu keng ko‘lamli qurilish ishlarini o‘z ichiga olgan "Rosatom" taklifidir. Qaror qabul qilishda barcha faktorlar hisobga olinadi. Bunda birinchi navbatda, albatta, xavfsizlik masalasi turadi. Pudratchi tomonidan qurib bitkazilgan ana shunday reaktorlar ekspluatatsiya tajribasi o‘rganiladi. Shuningdek maksimal darajada mahalliylashtirish masalasi ham qo‘rib chiqiladi", - dedi Satkaliyev.
Shuningdek, AES qurilishi haaqida qaror qabul qilishda Qozog‘iston tomon uning maksimal darajada mahalliylashtirish shartini qo‘yadi.
"Jumladan "yonilg‘i jamlanmalari" va issiqlik ajratuvchi tabletkalarni Qozog‘istonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shartini", - dedi Satkaliyev.
Shuningdek Satkaliyev aytishiga ko‘ra, Olma-ota viloyatidagi Ulken posolkasi milliy energetika tarmog‘i xaritasi nuqtayi nazaridan AES qurilishi uchun eng qulay manzildir. Bu yerda AES qurilganidan so‘ng unda ishlab chiqarilgan elektr quvvatini tarqatish, uni hatto Qizog‘iston shimoliga yetkazib berish uchun qulay tarmoqlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursultan Nazarbayev biroz oldin Respublika AES qurishga tayyor ekanini bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, "Rosatom" ishtirokida Jizzax viloyatida AES qurish 2022-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Uni ishga tushirish 2030-yilga mo‘ljallangan. "Rosatom" davlat korporatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda "3+" avlodiga mansub 2ta VVER-1200 reaktoriga ega bo‘lgan AES qurish nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0