Rossiya

Rossiyada yoʻl qoidasini qoʻpol buzgan haydovchi qamalishi mumkin - yangi qonun

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishRabota sotrudnikov GIBDD
Rabota sotrudnikov GIBDD  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Rossiyada belgilangan tezlikni 60kmdan oshirgan va yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan haydovchilar ikki yilgacha qamalishi mumkin.
TOSHKENT, 22 dek - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi avtomobilni tajovuzkor uslubda boshqargan, tezlikni haddan ortiq daraja oshirgan haydovchilar uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini uchinchi oʻqishda qabul qildi. RIA Novosti xabariga koʻra.
Unga koʻra, avtomobilni agressiv uslubda boshqargan, belgilangan tezlikni 60 va undan ortiq kilometrga oshirgan, yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqqan va ushbu qoidabuzarliklarni bir necha bor sodir etgan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shuningdek, ularga 200-300 ming rubl (4000$) jarima solinishi, 480 soat majburiy ishlar berilishi yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishlari mumkin.
Yangi qonun nafaqat yoʻl harakati inspektorlari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarga, balkim nazorat kameralari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar uchun ham amal qiladi.
Ushbu qonun kuchi oldin ana shunday qoidabuzarlik sodir etgan yoki haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar uchun amal qiladi.
Yoʻl harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan qonunni Rossiya Dumasidagi beshta fraktsiyaning barchasi qoʻllab quvvatlashdi va uni ishlab chiqishda oʻz tashabbulari bilan ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala