Toshkent transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi – tafsilotlar

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnaya doroga, arxivnoe foto
Avtomobilnaya doroga, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Yangi konsepsiya shahar jamoat transporti va shaxsiy avtotransport uchun qulay infratuzilmani yaratishni ko‘zda tutadi. Shahar ko‘chalaridagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylari paydo bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Transport vazirligi Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat loyihasida quyidagilarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan:
Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi;
Toshkent shahri yer usti yo‘lovchilar transportining yangi yo‘nalish tarmog‘ini 2022−2025 yillarda joriy etish dasturi;
Shahar yo‘lovchilar transporti harakat tarkibini 2022−2025 yillarda yangi zamonaviy "yashil" avtobuslarni xarid qilish yo‘li bilan yangilash dasturi;
Transport-o‘tish bog‘lamalarini 2022−2025 yillarda tashkil etish dasturi;
Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini2022−2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi".
Asosiy e’tibor Toshkentda, qulay, jozibador bo‘lgan shahar jamoat transporti tizimini tashkil etish, birinchi o‘rinda piyodalar, keyingi o‘rinda mos ravishda velotransport, shahar jamoat transporti va shaxsiy avtotransport uchun qulay infratuzilmani yaratishga qaratilgan.
Konsepsiyani amalga oshirishdagi yondashuvlar quyidagilarni tashkil etadi:
shahar jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini tashkil etish, harakat tarkibini zamonaviy "yashil" turlari bilan yangilash, yangi dizayn asosida oraliq bekatlarini qayta qurish;
transport-o‘tish bog‘lamalari tizimini yaratish, tabaqalashtirilgan tariflarni joriy etish;
velotransport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan velotransport harakatlanish yo‘laklarini va veloparkovkalarni qurish;
shahar ko‘chalaridagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylarini shakllantirish (birinchi bosqichda 10 ta ko‘chada);
transport vositalari harakatini boshqarishning intellektual tizimlarini, shu jumladan "aqlli svetoforlar" va "aqlli chorrahalar" tizimlarini joriy qilish;
yuk tashish tizimini tartibga solish, bunda yuk avtomobillarining shaharga kirishini ma’lum vaqt oralig‘ida hamda avtomobil vazni inobatga olingan holda cheklovlarni joriy etish;
yo‘nalishsiz taksi faoliyatini raqamlashtirish;
aholi gavjum joylarda, vokzal va aeroportlarga tutash hududlarda alohida yo‘nalishsiz taksi to‘xtash joylarini tashkil qilish
Konsepsiyaning amalga oshirilishi natijasida 2025-yilda:
yo‘nalish harakat intervalini 35 foizgacha qisqartirish;
shahar hududlarini yo‘lovchilar transporti bilan to‘liq qamrab olish;
aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish (kunlik yo‘lovchi tashish hajmi o‘rtacha 1,5 mln yo‘lovchi);
avtomobillar kunning "tig‘iz" paytida manzilga yetib borishi uchun sarflanadigan o‘rtacha harakatlanish vaqtining 50 daqiqadan 35 daqiqagacha qisqarishi;
shahar markazida harakatlanayotgan yengil avtomobillar sonining 20 foizgacha kisqartirilishi;
avtomobillarning to‘xtashi va to‘xtab turishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar sonining kamayishi;
umumiy yo‘lovchilar oqimining 10−15 foizi velosiped transportidan foydalanishi;
yo‘lkira haqi to‘lovining yangi tabaqalashtirilgan turlaridan qulay va arzon bo‘lganlarini yo‘lovchilarga tanlash imkoniyatini joriy etish;
yo‘lkira haqi to‘lanishida naqd pul aylanmasidan voz kechish;
transportdan ekologiyaga yetkazilayotgan zarar 35 foizgacha kamayishi;
yuk tashish faoliyati tartibga solinishiga erishish va boshqalar kutilmoqda.
Bu loyihani ishlab chiqishga prezidentning og‘zaki topshiriqlari asos bo‘lgan. Unga Turkiyaning tajribali ekspertlari jalb etilgan.
Hujjatda yozilishicha, poytaxt hududi kengayib borishi, yangi ishlab chiqarish obyektlari paydo bo‘lishi hamda aholiga ko‘rsatiladigan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchi tashish transporti xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj va talabni to‘liq qondirish maqsadida shahar yo‘lovchilar transporti yo‘nalishlar tarmog‘ini tubdan qayta ko‘rib chiqish dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Loyiha muhokamalarida 2022-yilning 5-yanvarigacha ishtirok etish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0