Iqtisod

Toshkentning eng nufuzli koʻchmas mulk obʼyektlaridan biri sotuvga qoʻyildi

© Xayatt Ridjensi TashkentGostinitsa Hyatt Regency Tashkent
Gostinitsa Hyatt Regency Tashkent  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
Ariza topshirish barcha manfaatdorlar uchun ochiq, arizalar oʻzbek, rus va ingliz tilda qabul qilinadi.
TOSHKENT, 22 dek - Sputnik. Toshkentning eng nufuzli koʻchmas mulk obʼyektlaridan biri boʻlgan besh yulduzli Hyatt Regency mehmonxonasi sotuvga qoʻyildi. Bu haqida "Davaktiv" agentligi xabar qilmoqda.
"Oʻzbekiston prezidentining 6167-sonli farmoniga asosan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasini oshkora raqobat tamoyillariga asoslangan savdo jarayoni orqali sotilishini eʼlon qiladi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, savdo jarayoniga eng yaxshi takliflarni tanlash uchun “KPMG Valuation and Consulting” kompaniyasi moliyaviy maslahatchi sifatida jalb qilingani ham aytib oʻtilgan.
Ariza topshirish jarayoni barcha manfaatdorlar uchun ochiq boʻladi. Arizalar oʻzbek, rus va ingliz tilda qabul qilinadi. Koʻchmas mulk obʼyektining sotuvchi chiqarish qiymati, shartlari va boshqa batafsil maʼlumotlar hozircha keltirilmagan.
Gostinitsa Hyatt Regency v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston
“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi

“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016yilda ishga tushirilgan. Mehmonxona shahar markazida, Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylariga qulay va yaqin masofada joylashgan.

Umumiy yer maydoni 3,1 gektar, bino va inshootlar maydoni 60,1 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Mehmonxona 8 qavatdan iborat boʻlib, mijozlar uchun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta lyuks/yarim lyuks xonalarni mavjud.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala