Xitoyda noyob dinozavrning tuxumi topildi – foto

Dinozavr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Xitoyda olimlar noyob toshqotmani topishdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Xitoy, Buyuk Britaniya va Kanada olimlari 72-66 million yillik teropod dinozavr tuxumi ichida embrionning skeleti aks etgan tasvirni chop etdi. Topilma Xitoyning janubida topildi. Eng muhimi, olimlarda embrionning holati katta qiziqish uyg‘otdi - xuddi zamonaviy qushlarning jo‘jalariga o‘xshaydi.
Tadqiqot natijalari iScience jurnalida chop etildi.
Topilmaga “Inlyan chaqalog‘i” deb nom berildi, u Ganchjou hududidagi bo‘r davri qoyalarida aniqlandi. Xarakterli cho‘zilgan tishsiz bosh suyagiga asoslanib, olimlar uni zamonaviy qushlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan patli teropod-dinozavrlarining turi bo‘lgan oviraptorozavrga o‘xshatishdi.
Oviraptorozavr embrionining uzunligi taxminan 27 santimetr. Olimlar ta’kidlashicha, o‘sha davrda uning tuxumdan chiqishiga fursat oz qolgan ekan.
Yangiliklar lentasi
0