Iqtisod

Yosh tadbirkorlarga 540 mln soʻmgacha kreditlar ajratiladi

© CC0 / Unsplash / Hunters RaceBiznesmen. Illyustrativnoye foto
Biznesmen. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
2022-2024 yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar ayrim shartlar asosida ajratiladi.
TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Prezidentning 2021 yil 13 iyuldagi PF–6260-son farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.
Qarorga asosan, mazkur mablagʻlardan 2022-2024 yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:
kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;
muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil;
foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 %).
Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi yoshlar roʻyxati shakllantiriladi.
Yoshlar oʻrtasida biznes koʻnikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha oʻquv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” tarzda bepul tashkil etiladi.
Davlat oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi
Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan oʻz biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filliallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala