Davlat nogironligi bo‘lgan yoshlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishInvalidnaya kolyaska, arxivnoe foto
Invalidnaya kolyaska, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:
axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish;
tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan 2022-yildan har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogiron yoshlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda ta’lim olishi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.
2022 yil 1-martdan bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi.
O‘zbekistonda BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kuchga kirdi
2024 yil 1-martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
Endilikda davlat buyurtmachilari nogironlar jamoat birlashmalari bilan ularning mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0