FIFA reytingi: O‘zbekiston 2021-yilni nechanchi o‘rinda yakunlamoqda

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaNatsionalnaya sbornaya Uzbekistana po futbolu
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
1274.58 ballga ega O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda 11, umumiy reytingda esa 84-o‘rinda joylashgan.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) dekabr oyida terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2021-yilni reytingdagi 84-o‘rin bilan yakunlamoqda. Qolaversa, “oq bo‘rilar” Osiyo qit’asida 11-o‘rinni saqlab qolishgan.
Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 96, Tojikiston 116, Qozog‘iston 119, Turkmaniston esa 133-o‘rinlarni band etgan.
O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Gruziyaga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Belgiya terma jamoasi hamon reyting yetakchisi. Braziliya faxrli 2-pog‘onani band etib turibdi. Fransiya esa kuchli uchlikdan o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0