Hodisalar

“Kosmonavtlar” metro bekatidagi hodisa haqida rasmiy maʼlumot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTereshkova na stantsii Kosmonavtov
Tereshkova na stantsii Kosmonavtov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar metro bekatida poyezd vagoni yongani aytilmoqda” sarlavhali xabarlar tarqaldi.
TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Kosmonavtlar” metro bekatida yongʻin chiqqani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 23 dekabr kuni, soat 12:15 da Shayxontohur tumani “Kosmonavtlar” metro bekati ichida harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat tarkib(sostav)ning 3-vagonida tutun chiqqan. Bunga saqlagich kuyganligi yoki tormoz kolodkasi siqilib qolgani taxmin qilinmoqda.
“Voqea joyida hech qanday yongʻin sodir boʻlmagan. Nosoz vagon taʼmirlash uchun DEPOga yuborilgan”, - deyilgan xabarda.
Fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
Voqea joyiga shahar hamda tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.
Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan, metro odatiy ish rejimida ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala