Jamiyat

Lavlagi ayollar uchun nimasi bilan foydali?

© Pixabay / Gyöngyi NagyKrasnaya svekla
Krasnaya svekla - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Nutritsiologlarning fikriga koʻra, lavlagining ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, unga issiqlik bilan ishlov berilganda ham oʻzining foydali jihatlarini saqlab qoladi.
Lavlagi ayollar organizmi uchun eng foydali sabzavotlardan biri. Chunki unda betatsianin va yod kabi moddalar bor. Yod qalqonsimon bez uchun zarur boʻlsa, betatsianin mushaklarni kuchaytiradi va asosan erkaklarga qaraganda ayollar koʻp chalinadigan osteoporoz (skeletning barcha suyaklariga taʼsir qiladigan tizimli kasallik) bilan kurashishga yordam beradi.
Bundan tashqari, lavlagi kapillyarlar holatini yaxshilaydi va tomir devorlarini mustahkamlaydi, deydi Xalqaro Integrativ Nutritsiologiya Institutining ilmiy boʻlim boshligʻi Kseniya Boroda “Praym” agentligiga bergan intervyusida.
“Lavlagiga toʻq-qizil rangni beruvchi betatsianin pigmenti – kuchli antioksidant”, deya taʼqidladi mutaxassis.
Ushbu pigment nazoratsiz boʻlinadigan hujayralar oʻsishini sekinlashtiradi, deya qoʻshimcha qildi nutritsiolog Anno Drobisheva. Uning soʻzlariga koʻra, lavlagi jigar faoliyatini yaxshilaydi.
“Lavlagini menstruatsiya payti isteʼmol qilish juda foydali, chunki sabzavot organizmda qon yoʻqotilishini tiklaydi”, deydi u.
Lavlagi issiqlik bilan ishlov berilganda ham foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.
Biroq, oshqozon-ichak trakti hamda qandli diabet bilan ogʻrigan insonlarga lavlagini tez-tez isteʼmol qilish mumkin emasligini doim yodda tutish lozim.
Mavzuga doir qiziqarli maqolalar:
Qanday mayonez foydali>>
Jigar uchun eng xavfli mahsulot>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala