NATO Sharqqa bir qadam ham siljimasligi kerak - Putin Ukraina haqida

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkrainskiy voyenniy
Ukrainskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Ukraina hududiga Rossiyaga qarshi bo‘lgan davlat yaratilmoqda. U yer zamonaviy qurol-aslaha bilan to‘ldirilmoqda, aholining miyasi tinimsiz chayilmoqda.
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. "Birinchi kanal" jurnalistining "Bizni nima tayyorlanishimiz kerak? U tomondan "urush" degan so‘z aytildi. Biz bunga tayyormi?" degan savoliga Vladimir Putin qo‘yidagicha javob berdi.
" Men voqealar qanday rivojlanganini boshidan boshlamoqchiman. Sovet Ittifoqi tarqalib ketganda, Rossiyaning bir qator tarixiy hududlari, u yerda yashayotgan rus xalqlar bilan birga boshqa davlat hududida qolib ketgan edi. O‘shanda biz bunga ko‘ndik. Biz ularning har qanday rahbariyati bilan hamkorlik qildik, yordam berdik, hatto ular mutlaq G‘arbga
Lekin 2014-yilda nima sodir bo‘ldi? Qonli davlat to‘ntarilishi, odamlari otib tashlashdi, yoqib yuborishdi. Bundan Ukraina aholisi albatta norozi bo‘ldi. Shundan so‘ng Qrim va Sevastopol masalasi paydo bo‘ldi. Ular bizdan o‘larni o‘z qaramog‘imizga olishni so‘rashdi.
Ular Ukrainada rus millatini ularning tarixiy vatanidan siqib chiqarishmoqda. Rus tilida gaplashishni ta’qiqlab qo‘yishmoqda. Hozir bo‘lsa biz "urush, urush, urush" degan so‘zlarni eshitmoqdamiz. Ehtimol ular uchinchi harbiy kompaniyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ukraina hududiga Rossiyaga qarshi bo‘lgan davlat yaratilmoqda. U yer zamonaviy qurol-aslaha bilan to‘ldirilmoqda, u yerda tinimsiz ravishda aholining miyasi chayilmoqda (Rossiyaga qarshi).
Ehtimol ular radikal jangarilarni Donbassga urushga tayyorlamoqda.
Xo‘sh bundaf vaziyatda rossiya qanday yashashi kerak? Biz doim ularni kuzatib ehtiyot bo‘lib yashashimiz kerakmi? Shuning uchun Jo Bayden bilan suhbatda biz masalani ko‘ndalang qo‘ydik - NATO Sharqqa bir qadam ham siljimasligi kerak.
Biz hozircha bu savolga aniq javob omadik, lekin umumiy hisobda ijobiy reaksiya kuzatmoqdamiz, dedi Rossiya prezidenti. Ushub masala kelgusi yilning boshida Jenevada bo‘lib o‘tdigan muzokalarda batafsil muhokama qilinadi, - dedi Putin.
Rossiya prezidentining bu yilgi 18-katta anjumani oflayn formatda bo‘lib o‘tmoqda. Grezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi va ular Manejning katta zalida to‘planishgan.
Savol berishni istaganlar orasida Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega bo‘lgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda bo‘lishni so‘rashgan.
Yangiliklar lentasi
0