Rossiya

Putin: Olimpiadani boykot qilish bu katta xato

© REUTERS / Tingshu WangOlimpiyskiye koltsa na Olimpiyskoy bashne v Pekine
Olimpiyskiye koltsa na Olimpiyskoy bashne v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Vaqtinchalik siyosiy maqsadlarga erishish uchun Olimpiadani boykot qilish - bu katta xato - Vladimir Putin.
TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. AQSH rasmiylari tomonidan Xitoyda 2022 yilda boʻlib oʻtishi kutilayotgan Qishgi oimpiada oʻyinlarini diplomatik boykot qilish - bu katta xato, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, yillik katta anjuman vaqtida.
Maʼlumki bugungi kunda Xitoy jihatdan dunyoda eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri. Xitoy iqtisodiyot xaridorlik paritet kuchi (purchasing power parity) boʻyicha AQSH iqtisodiyotidan allaqachon oʻzib ketgan. Oradan bir necha yil oʻtib Xitoy dunyoning birinchi iqtisodiga aylanadi. Buni toʻgʻri tushunish kerak.
Ehtimol AQSH buni tushungan holda, hozirdan Xitoy rivojlanishini toʻxtatib qolishga harakat qilmoqda. Qishgi Olimpiadani boykot qilish ham - ana shu maqsadda qoʻyilgan qadamdir, - dedi Putin.
Lekin bu katta xato, chunki AQSH oldin ham bir necha bor Olimpiadalarni boykot qilgan edi. Lekin keyinchalik men bilan boʻlgan suhbatda AQShning sobiq prezidentlaridan biri menga olimpiadani boykot qilish xato boʻlganini tan olgan edi. Shunday boʻlsa-da, AQSH oʻsha xatoni yana qayta takrorlamoqda.
Mening fikrimcha, qandaydir vaqtinchalik siyosiy maqsadlarga erishish uchun Olimpiadani boykot qilish - bu katta xato, - dedi Vladimir Putin.
Rossiya prezidentining bu yilgi 18-katta anjumani oflayn formatda boʻlib oʻtmoqda. prezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi va ular Manejning katta zalida toʻplanishgan.
Savol berishni istaganlar orasida Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega boʻlgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda boʻlishni soʻrashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala