O‘zbekiston Afg‘onistonga 63 ta vagonda insonparvarlik yordami jo‘natdi

© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil v Afganistan 63 vagona gumanitarnoy pomoshi
Uzbekistan napravil v Afganistan 63 vagona gumanitarnoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Insonparvarlik yordami oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Bugun, 23-dekabr kuni O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘nab ketgan. 63 vagondagi insonparvarlik yordami oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat.
Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida O‘zbekiston afg‘on xalqiga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.
Yangiliklar lentasi
0