O‘zbekiston xalq artisti Shermat Yormatov vafot etdi

© Minkulturi UzbekistanaShermat Yormatov - narodniy artist Uzbekistana
Shermat Yormatov - narodniy artist Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Shermat Yormatov "Boychechak", "Bulbulcha", bolalar xorlarining badiiy rahbari bo‘lib ishlagan.
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor va dirijer Shermat Yormatov 82 yoshila vafot etdi, deb xabar qilmoqda Madaniyat vazirligi.
Shermat Yormatov o‘zbek bolalar xorining eng faol targ‘ibotchisi, kuyunchak rahbar, “Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San’at g‘unchalari” kabi qator ko‘rsatuvlar orqali butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan muallim sifatida yodimizda qoladi, - deyilgan xabarda.
Shermat Yormatov 1939-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1967-yilda Toshkent Davlat konservatoriyasining Xor va dirijerlik fakultetini tugatgan.
Shermat Yormatov turli yillarda "Boychechak", "Bulbulcha", bolalar xorlarining badiiy rahbari bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston televideniyeside "Qo‘shig‘im jon qo‘shig‘im" ko‘rsatuvini olib borgan.
Yangiliklar lentasi
0