Rossiya

Putin: Muhammad paygʻambarni haqorat qilish - ijod erkinligi emas

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishYejegodnaya press-konferentsiya prezidenta Rossii Vladimira Putina
Yejegodnaya press-konferentsiya prezidenta Rossii Vladimira Putina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Muhammad paygʻambarni haqorat qilish va “Oʻlmas polk” saytida fashistlarning suratlarini joylashtirish ijod erkinligi emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya prezidentining yillik katta matbuot anjumanida jurnalist ekstremizmni targʻib qilish, his-tuygʻularni haqorat qilish bilan bogʻliq maʼmuriy va jinoiy ishlar koʻpayib borayotganini taʼkidladi. Shu munosabat bilan jurnalist kimningdir his-tuygʻularini himoya qilish va rassomning oʻzini ifoda etish huquqi oʻrtasidagi chegara qayerda degan savolni prezidentga berdi.
"Oʻlmas polk" saytida Gitler yoki Gimmlerni joylashtirish - bu ijod erkinligimi? Keling masalaning shu tomoni haqida oʻylab koʻraylik. <...> Paygʻambar Muhammadni haqorat qilish - bu nima? Bu ijod erkinligimi? Men oʻylaymanki, yoʻq. Bu eʼtiqod erkinligi va islom diniga eʼtiqod qiluvchilarning muqaddas tuygʻulariga tajovuz qilish”, - dedi davlat rahbari.
Uning soʻzlariga koʻra bu yanada keskin, ekstremistik koʻrinishlarni keltirib chiqaradi.
“Mana ular Parijga borishdi va butun tahririyatni otib tashlashdi” - dedi Rossiya yetakchisi..
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala