Putin Qor boboning advokati bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey MayshevGlavniy Ded Moroz Rossii vo vremya intervyu v Mejdunarodnom multimediynom press-sentre MIA "Rossiya segodnya" v Moskve.
Glavniy Ded Moroz Rossii vo vremya intervyu v Mejdunarodnom multimediynom press-sentre MIA Rossiya segodnya v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin huquqshunos ekanini ta’kidlab o‘tdi va jurnalist savoliga Qorb boboning advokati sifatida javob berishini ta’kidladi.
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Vologda shahridan kelgan jurnalist Rossiya prezidentidan yangi yil arafasida qor bobodan nimalarni kutayotganini so‘radi.
Shuningdek, muxbir, yaqinda Sankt-Peterburgda bir huquqshunos 23-yildan buyon uning istagini bajarmagani tufayli Qor boboni sudga berganiga qanday munosabatda ekanini so‘radi.
Bunga Vladimir Putin u ham Sankt-Peterburglik ekanini va u ham mutaxassislik bo‘yicha huquqshunos ekanini ta’kidlab o‘tdi va ushbu savolga Qorb boboning advokati sifatida javob berishini ta’kidladi.
Hamma biladiki, Qor bobo faqat yil davomida o‘zini yaxshi tutgan o‘g‘il va qizlarga sovg‘a ulashadi, dedi Putin. shuning uchun Sankt-Peterburgliu huquqshunos birinchi navbatda o‘ziga o‘zi savol berishi kerak, o‘tgan yilllar davomida o‘zini yaxshi tutganmi yoki yo‘q.
O‘zining Qor bobodan shaxsiy istaklari va sovg‘alari borasida, Vladimir Putin hozirga qadar Qor bobo uning istaklarini va kutilmalarin bajarayotganini va shu sababli ham u hozir jurnalistlar savollariga javob berayotganini aytib o‘tdi.
Rossiya prezidentining bu yilgi 18-katta anjumani oflayn formatda bo‘lib o‘tmoqda. Grezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi va ular Manejning katta zalida to‘planishgan.
Savol berishni istaganlar orasida Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega bo‘lgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda bo‘lishni so‘rashgan.
Yangiliklar lentasi
0