Rossiya

Putin Ukraina yangi harbiy operatsiyani tayyorlayotgan boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishUkrainskiy voyennыy
Ukrainskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Rossiya prezidenti: Ukraina uchinchi harbiy operatsiyani hozirlayotgani haqidagi tasavvur tugʻilmoqda.
TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Ukraina Donbassda uchinchi harbiy operatsiyani hozirlayotgani hissi bor, bot-bot “urush” soʻzi yangramoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻzining yillik matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Va bizni avvaldan ogohlantirishyapti: “Aralashmang, bu odamlarni himoya qilmang. Aralashsangiz, himoya qilsangiz – shunday-shunday yangi sanktsiyalar boʻladi” - dedi Putin.
Rossiya rahbari 2014 yildagi voqealarga qadar, Ukrainadagi “qonli davlat toʻntarilishi” roʻy bermaguncha Moskva va Kiyev munosabatlari yaxshi boʻlganini taʼkidladi.
“Odamlarni oʻldirib yoqib yuborishdi”, - deya esga oldi Putin Ukrainadagi voqealarni toʻxtalib.
“Shundan soʻng Qrim paydo boʻldi. Sevastopol va Qrimda yashayotgan odamlarni oʻz himoyamiz, qanotimiz ostiga olishga qanday rad javob bera olardik?”, - dedi Putin.
Uning soʻzlariga koʻra, Moskva doimo oʻzining xavfsizligi istiqbollari haqida oʻylashga majbur.

Ukraina mojarosi

Ukraina hukumati 2014 yil aprelida oʻzini Kiyevdagi 2014 yildagi davlat toʻntarilishidan soʻng mustaqilligini eʼlon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublkalari (DXR va LXR)ga qarshi harbiy operatsiya boshladi.
6,8 mingga yaqin kishi mojaro qurboni boʻldi. Donbassdagi vaziyatni tartibga solish ishchi guruhlarning uchrashuvlari chogʻida ham muhokama qilinmoqda.
Ammo oʻt ochmaslik haqidagi bitimlardan keyin ham otishmalar boʻlib turibdi. DXR Ukraina ogʻir artilleriyasi odamlar yashaydigan hududlarni oʻqqa tutgani haqida xabar qilgan.

Minsk bitimlari va NATO faolligi

Putin Minsk bitimlari ziddiyatni kamaytirishning yagona munosib zamini boʻlib qolayotganini eslatdi. Ammo Kiyev unga rioya qilmayapti. Qolaversa, Ukraina hukumati mojaroni tartibga solishga oid muzokaralarni choʻzmoqda.
Keskinlik Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berayotgan va Qora dengizda mashgʻulotlar oʻtkazayotgan AQShning faolligi bilan ham kuchaymoqda.
Shu bilan birga, Gʻarb Rossiya Ukrainaga “bostirib kirishga” hozirlik koʻrayotgani haqida gapirmoqda. Moskva bu ayblovni qatʼiy rad etib, hech kimga tahdid qilmayotgani va oʻz hududi boʻylab qoʻshinlarining bir joydan boshqa joyga koʻchishi hech kimni xavotirga solmasligi kerakligini aytmoqda.
Kreml bir necha marta bu Rossiya chegaralari yaqinida NATOning koʻproq harbiy texnikasi va kuchlarini joylashtirish uchun bahona ekanini bildirgan.
Putin, oʻz navbatida, NATO kuchlarining qoʻshni davlat hududida paydo boʻlishi va davlat xavfsizligining boshqa tahdidlarini Moskva qizil chiziq deb baholashini qayd etgan.

Mavzuga oid:

NATO Sharqqa bir qadam ham siljimasligi kerak - Putin Ukraina haqida
“Bu uyimiz ostonasida!” - Putin amerikaliklarning Ukrainadagi harakatlari haqida
Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo boʻlsa nima boʻlishini aytdi
Gruziyani 2008 yil avgustiga tayyorlagan davlatlar Ukrainani qurollantirmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala