Jamiyat

Qarindoshlar orasida tuzilgan oilalarning qariyb 25 foizida nogiron farzand tugʻilgan

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishObruchalnыe koltsa
Obruchalnыe koltsa  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Mahalla vazirligi: Oʻzbekistonda qarindoshi bilan turmush qurganlarning har toʻrttasidan biri nogiron farzand koʻrgan.
TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda qarindoshlar orasida tuzilgan oilalarning 24,9 foizida nogiron farzand dunyoga kelgan. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshligʻi Mukarram Nurmatova maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 2021 yilning may-iyun oylarida qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzish holatlari va uning sabablarini oʻrganish maqsadida respublikaning 200 ta tumanida 6 974 ta fuqarolar yigʻini raislari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazilgan.
Unda bunday oilalarning 25,2 foizida ziddiyat va nizolar uchrab turgani, 24,9 foiz oilalarda nogiron farzandlar borligi, 8,9 foiz qarindoshlik asosida qurilgan oilalarda muammolar mavjudligi va doimiy quda-andachilikdagi kelishmovchiliklar boʻlayotganligi maʼlum boʻlgan.
Aniqlanishicha, qarindoshlar oʻrtasida nikoh aksariyat hollarda bobo-buvi yoki ota-onalarning tashabbusi bilan boʻladi.
Qarindoshlar oʻrtasida tuziladigan nikohning
58,1 foiz bobo-buvilar,
56,4 foizi ota-onalar,
14,3 foizi togʻa-xola va amaki-ammalar,
13,2 foizi opa-singillar,
1,2 foizi aka-ukalar,
8,3 foizi boshqa shaxslar
tashabbusi bilan tuzilishi respondentlar tomonidan aniqlangan.
2021 yilning oʻtgan davrida respublika boʻyicha 1136 ta qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldi olindi. Shunga qaramay, bunday nikohlarning hanuzgacha oshkora yoki yashirin holda noqonuniy qayd etilishi holatlari uchramoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilning iyul-sentyabr oylarida qarindosh boʻlgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilingan. Eng koʻp qarindoshlar oʻrtasida nikoh qayd qilingan hududlar orasida Surxondaryo (268 ta) yetakchi boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida nikoh tuzish taqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala