Qo‘qondagi xonadonda gaz portlashi oqibatida to‘rt kishi kuyish jarohati oldi - foto

© Foto: Farg‘ona viloyati FVBQo‘qondagi xonadonda gaz portlashi
Qo‘qondagi xonadonda gaz portlashi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Xonadon egalaridan biri ertalab tabiiy gaz hidini sezmay chirog‘ini yoqishi oqibatida havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xonadonda gaz portlashi oqibatida oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati oldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, 19-dekabr kuni soat 05:45 da shaharning Barhayot ko‘chasidagi uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Uyning 1-qavatiga o‘rnatilgan qo‘l bola uslubda yasalgan isitish pechidan gaz sizib chiqqan. U rezina shlang bilan ulangan bo‘lgan.
© Foto: Farg‘ona viloyati FVBQo‘qondagi xonadonda gaz portlashi
Qo‘qondagi xonadonda gaz portlashi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Qo‘qondagi xonadonda gaz portlashi
Xonadon egalaridan biri tabiiy gaz hidini sezmay, ertalab soat 05:45 da xona chirog‘ini yoqishi oqibatida havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Oqibatda xonadonda bo‘lgan 4 kishi turli xil darajadagi kuygan.
© Foto: Farg‘ona viloyati FVBQo‘qondagi xonadonda gaz portlashi
Qo‘qondagi xonadonda gaz portlashi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Qo‘qondagi xonadonda gaz portlashi
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0