Rossiya

Rossiya pandemiyadan iqtisodiy oʻsish bilan chiqmoqda - Putin

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPryamaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinыm
Pryamaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Pandemiyaning ikkinchi yili oxirida Rossiya iqtisodining oʻsishi yillik hisobda 4,27 % ni tashkil qilmoqda - Putin.
TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Rossiya pandemiyadan iqtisodiy oʻsish bilan chiqmoqda, dedi Vladimir Putin, jurnalist savoliga javobida, yil oxirida boʻlib oʻtayotgan anʼanaviy katta matbuot anjumani boshida.
Pandemiyaning ikkinchi yili oxirida Rossiya iqtisodining oʻsishi yillik hisobda 4,27 % ni tashkil qilmoqda. Jumaladan, qishloq xoʻjaligi, sanoat va investitsiyalar sohasida oʻsish darajasi bundan ham yuqori. Masalan investitsiyalar 7,6 %ni tashkil qilmoqda.
Undan tashqari qurilish sohasida, natijalar juda yaxshi - ushbu yilda 90 mln. m2 turar joy qurib bitkazilgan.
"Bu oldin kuzatimagan, rekord natija, va ushbu natija bilan men soha vakillarini va bevosita ushbu qurilishlarda ishlayotganlarni ham tabriklayman", - dedi Vladimir Putin.
Shuningdek, aholining real daromadi 3,5 - 4 % ga oʻsgan. Bu 8% inflyatsiya xarajatlarini chiqarib tashlab hisobga olganda.
Umumiy xulosa qilib aytganda, Rossiya hukumati va Markaziy Banki faoliyatini "qoniqarli", ular erishgan natijani "ijobiy" deb baholash mumkin, - dedi prezident.
Maʼlumot uchun, Rossiya prezidentining bu yilgi katta matbuot anjumani - 18 chisi hisoblanadi va u oldingilaridan biroz farq qiladi. Birinchidan - ushbu anjuman oflayn formatda boʻlib oʻtadi. Yaʼni prezident va jurnalistlar bir joyda bitta binoning ichida uchrashishadi.
Ikkinchidan, bu safar prezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi. Ular Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega boʻlgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda boʻlishni soʻrashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala