Dunyoda

Tojikiston qurol qoʻllagan chegarachilarni javobgarlikka tortishga vaʼda berdi

© Sputnik / Elaman KarыmshakovVoyennыe Kыrgыzstana
Voyennыe Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Tojikiston tomoni qurol qoʻllagan chegarachilarni javobgarlikka tortishga vaʼda berdi.
TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Tojikiston tomoni qurol qoʻllagan chegarachilarni javobgarlikka tortishga vaʼda berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara xizmatiga asosan.
Batken viloyati Maqsat-Jashtik avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan voqea yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi. Bir kun avval tojikistonlik harbiylar qirgʻizistonlik haydovchi boshqarayotgan “KamAZ”ga oʻt ochgani xabar qilingandi. Buning oqibatida singan oyna boʻlaklaridan haydovchi timdalandi.
Tojikiston tomoniga voqea joyi koʻrsatilgan va xronologiyasi taqdim etilgan.
“Tojikiston chegara vakillari harbiy xizmatchilarning noqonuniy harakatlarini toʻliq tan oldi. Bu holatga yoʻl qoʻygan chegarachilar javobgarlikka tortilishini maʼlum qilishdi”, — deyilgan xabarda.
Tojikiston harbiy prokuraturasi tekshiruv olib bormoqda. Tomonlar birgalikda tekshiruv oʻtkazishga ham kelishib oldilar.
Bundan tashqari, yaqin vaqtda Qirgʻiziston va Tojikiston chegara postlari boshliqlarining qoʻshma mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Ularga ikki davlat chegarachilari xizmat oʻtash vaqtida oʻzini qanday tutishi kerakligi tushuntiriladi.
Mavzuga doir material
Qirgʻiz-tojik chegarasida qurol qoʻllash holati: haydovchi jarohat oldi - video>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala