Jamiyat

Xalqaro joʻnatmalarni tekshirish tartibi oʻzgardi

© Depositphotos / PuhhhaDevushka poluchayet posыlku
Devushka poluchayet posыlku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Bundan buyon Oʻzbekistonda joʻnatmalarning bojxona nazorati pochta almashinuv joylarida amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 23 dek- Sputnik. Oʻzbekistonga yuborilayotgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarni bojxona nazoratidan oʻtkazish tartibi oʻzgardi. Bu haqida Hukumatning 21 dekabr kuni qabul qilingan 767-sonli qarorida aytib oʻtilgan.
Ushbu qaror bilan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, xalqaro pochta joʻnatmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi. Xususan:
temir yoʻl va avtomobil transporti orqali yetkazishda – maxsus belgilangan bojxona postlarida;
havo transporti orqali yetkazishda – xalqaro aeroportlar yoki ularga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi;
pochta xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga joʻnatmalar topshirilishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi;
keltirilgan joʻnatmalar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi.
Joʻnatmalar orqali yuborilgan tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari vakolatli shaxs tomonidan toʻlanadi.
Yuqorida keltirilgan Nizom qoidalari yozma xat-xabarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala