Yangi yil kuni qor yog‘adimi

© Pixabay2022
2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi 30-31 dekabr kunlari qor yog‘ishini kutish mumkinmi degan savolga javob berdi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. 30-31 dekabr kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2016-yildan boshlab qishda yog‘ib o‘tgan qorlar davomiyligi va yerda hosil bo‘lgan qor qoplamining sutkalab erimasdan turish holatlari keskin kamayib ketgan. Qish mavsumida iliq qish kunlari sonining ortishi kuzatilmoqda. Biroq, oxirgi yillarda oktabr va noyabr oylarida sovuq havo oqimlarining respublikaga kirib kelishi faollashgan.
Mutaxassis bu global iqlim o‘zgarishining mintaqaga shu ko‘rinishdagi ta’sir etayotgani bilan tushuntirilishini bildirdi.
Abdulahatov ko‘pchilikni qiziqtirgan “Yangi yilda qor yog‘adimi?” degan savolga ham javob berdi.

“Atmosferadagi havo oqimlariining harakatini sinchkov tahlil qilgan mutaxassis sifatida 30-31 dekabr kunlari respublikamizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Demak, respublika aholisi bayramni qorli ob-havosiz kutib olishi mumkin”, - dedi O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi.

O‘zbekistonda qish mavsumida qor yog‘ishi uchun shimol va shimoli g‘arbdan sovuq havo oqimlari tez-tez respublika hududlariga kirib kelishi kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda, mintaqada ayni shu havo oqimlaridan qor yog‘adi. Tahlillarga ko‘ra, hozirda yil davomida sovuq havo oqimlarining respublika hududlariga kirib kelishi o‘tgan asr oxirlariga nisbatan naqd ikki barobarga kamaygan.
Yangiliklar lentasi
0