Afgʻon xalqi Oʻzbekiston yordamini qanday kutib oldi

© Press-slujba MID UzbekistanaV Mazari-Sharife sostoyalas tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu
V Mazari-Sharife sostoyalas tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
Oʻzbekiston yordami Afgʻonistonda ommaviy ocharchilik va ogʻir gumanitar inqirozining oldini olishga xizmat qiladi, deyishdi mahalliy vakillar.
TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Mozori Sharif shahrida 23 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining insonparvarlik yordamini Afgʻoniston xalqiga tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV.

Un, guruch, shakar va boshqa oziq-ovqatlar, birinchi navbatdagi zaruriy tovarlar, kiyim-kechaklar, toʻqimachilik mahsulotlari, umumiy ogʻirligi 4 ming tonnadan ziyod koʻmir yoqilgʻisidan iborat ushbu insonparvarlik yordami oʻzbek xalqining Afgʻonistonga koʻrsatgan navbatdagi xayrixohligi boʻldi.

Marosimda Oʻzbekiston prezidentning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev soʻzga chiqdi.
© Press-slujba MID UzbekistanaV Mazari-Sharife sostoyalas tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu
V Mazari-Sharife sostoyalas tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
V Mazari-Sharife sostoyalas tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu
Marosimda soʻzga chiqqan Afgʻoniston Muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sher Abbos Stanikzay mamlakat uchun ogʻir damlarda koʻrsatilayotgan doimiy eʼtibor, qoʻllab-quvvatlash va birdamlik uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga butun afgʻon xalqi nomidan chuqur minnatdorlik bildirdi.
Afgʻoniston xalqining chaqiruviga Oʻzbekiston rahbari birinchilardan boʻlib eʼtibor qaratgani, uning siyosatini koʻp millatli Afgʻoniston xalqi chinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qoʻshnichilikning chinakam ifodasi sifatida qaralayotgani alohida taʼkidlandi.
Abbos Stanikzay afgʻon xalqi Oʻzbekiston rahbarining birodarlik munosabatini doimo his qilib kelganini, shu bois mamlakatning yangi hokimiyat idoralari yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini, shuningdek, oʻz hududidan qoʻshni davlatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga hech qanday tahdidlarga yoʻl qoʻyilmasligini bildirdi.
Balx viloyati hokimi Qudratilla Abu Hamza mazkur insonparvarlik yordami oʻz vaqtida koʻrsatilayotgani, ayni qish faslida afgʻon xalqi uchun alohida ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu ikki birodar xalq oʻrtasidagi chuqur tarixiy va maʼnaviy aloqalarning yana bir dalilidir.
© Press-slujba MID UzbekistanaV Mazari-Sharife sostoyalas tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu
V Mazari-Sharife sostoyalas tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
V Mazari-Sharife sostoyalas tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu
Undan tashqari marosimda Afgʻoniston jamoatchiligi vakillari, etnik oʻzbeklar taniqli arboblari ham soʻzga chiqib eng ogʻir va sinovli damlarda yordam qoʻlini choʻzgan Oʻzbekistonga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdilar.
Tadbirda oʻzbekistonlik oshpazlar tomonidan palov pishirib jamoatchilikka tortiq qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala