Dunyoda

AQShning 4 ming harbiy instruktori Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda - Rossiya TIV

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye Ukrainы vo vremya aktivnoy fazы sovmestnыx voyennыx ucheniy Ukrainы i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti.
Voyennoslujaщiye Ukrainы vo vremya aktivnoy fazы sovmestnыx voyennыx ucheniy Ukrainы i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
Ukrainada xorijiy harbiylar soni ortmoqda, AQShning 4 ming harbiy instruktori bevosita Donbass yaqinidagi chegara chizigʻida – Rossiya TIV
TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Ukrainada xorijiy harbiylar soni yildan-yilga ortib bormoqda, 4 ming AQSH harbiy instruktori Donbass yaqinidagi chegara chizigʻida turibdi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

“Ukrainada xorijiy harbiylarning soni yildan-yilga ortib bormoqda... Ulardan 4000 nafari (instruktorlar — tahr.) bevosita Amerika Qoʻshma Shtatlaridan”, — dedi Zaxarova brifingda.

Kiyev Donbassdagi mojaroni harbiy yoʻl bilan hal qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda, dedi Mariya Zaxarova.
Ukrainaning harbiy byudjeti 20 %ga oshdi. Kiyev nafaqat mudofaa, balki hujum qurollarini ham sotib olmoqchi.
Kiyev aholini Donbass boʻyicha vaʼdalardan chalgʻitish uchun "tayyorlanayotgan Rossiya hujumi” atrofida vasvasani qoʻzgʻatmoqda.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk aytgan maʼlumotlarga qaraganda, gʻarb davlatlaridan kelgan instruktorlar Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda, bu esa Minsk kelishuvlarini toʻgʻridan-toʻgʻri buzadi va Donbassdagi vaziyatga salbiy taʼsir qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda NATO davlatlarining 10 mingga yaqin harbiy xizmatchisi Ukrainadagi harbiy obʼyektlar va harbiy-dengiz bazalarida joylashgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, Kiyev Donbassga Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining yarmini joʻnatdi. Moskva NATO davlatlaridan Rossiya chegaralariga harbiy texnika oʻtkazilishi va Donbassda gʻarb instruktorlari soni ortishidan xavotir bildirdi. Gʻarb davlatlari Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatishda, jumladan Donbassda qoʻllash uchun qurol-yarogʻlarni yetkazib berishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala