Hodisalar

DXX “Hizb ut-Tahrir”*ning 12 nafar tarafdorini qoʻlga oldi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishKonvoir u kletki dlya obvinyayemыx
Konvoir u kletki dlya obvinyayemыx - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
“Hizb ut-Tahrir”*ning 12 nafar tarafdori qoʻlga olindi.
TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Andijon viloyatida “Hizb ut-Tahrir”*ning 12 nafar tarafdori qoʻlga olindi.
53 yoshli fuqaro atrofiga 11 nafar shaxsni toʻplab, tashkilotning gʻoyalarini internet va boshqa yoʻllar orqali tarqatgan. Ular shu yoʻl orqali tarafdorlarini koʻpaytirishni maqsad qilgan.
“Ushbu shaxslarning barchasi muqaddam “Hizb ut-Tahrir”* tashkilotiga aʼzo boʻlganliklari uchun jazo muddatini oʻtab chiqishgan”, - deyilgan xabarda.
Hibsga olingan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib quyilgan.
Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi quzgʻatilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
* Oʻzbekiston va Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala