Kolumnistlar

Yevropa Ittifoqi Rosiyani qanday barbod qilmoqchi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJozep Borrel
Jozep Borrel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
Borrel Yevropa toʻliq "kiyingan va jihozlangan holda" Rossiya bilan qarama-qarshilikka shay turishi kerak dedi.
YEI xorijiy ishlar va xavfsizlik boʻyicha oliy vakili, Yevrokomissiya raisi oʻrinbosari Jozep Borrel bir vaqtning oʻzida umumevropa diplomatiyasi rahbari boʻla turib blogerlik ham qilmoqda.
U oz-oz yozib ham turadi.
Yaqinda Yevrokomissiya rasmiy portalida bloger Borrelning “Biz Sharqning kuch siyosatini qanday jilovlashimiz kerak?” nomli maqolasi eʼlon qilindi.
Bunda “Sharq” soʻzi ostida Rossiya nazarda tutilgan. Jozep Borrel bir zumda diplomat kostyumini yechib tsirkdagi hayvon oʻynatuvchi kiyimni kiydi va suhbat ohangini va leksikasini ham darhol oʻzgartirdi.
Mana oʻzingiz koʻring: “Biz bugun Rossiya tahdid va shantajdan iborat gibrid harkatlar yordamida oʻz siyosatini olib borayotganini koʻrib turibmiz. Sodir boʻlayotgan voqealar oldida biz oʻz qarorlarimizda qatʼiy va birdam boʻlishimiz kerak”, - deyiladi maqolada.
Shunday yoʻl bilan birlashgan Yevropa Rossiyani raqib emas dushman etib belgilamoqda. Chunki faqat dushman deb hisoblangan tomonga tahdid qilish, qoʻrqitish mumkin. Raqib bilan esa – suhbat boshqacha ohangda olib boriladi.
Bundan boshqa yana bir necha qizib iboralar uchrab turadigan maqolada, Borrel Parij xartiyasini oʻta ijobiy ohangda esga oladi. Borrel aytishiga koʻra “Aynan oʻsha vaqtlar hozirgi Yevropa xavfsizlik tizimining chegaralari paydo boʻlgan”.
Aslida Parij xartiyasi Borrelga boshqa tomondan yoqadi. Aynan ushbu hujjatda sovuq urush tugagani rasman qayd etilgan. Norasmiy ohangda esa uning gʻoliblari sanab oʻtilgan edi – bular kollektiv Gʻarb, NATO va YEI davlatlari. Yutqizgan tomon esa – Sovet Ittifoqi edi.
SSSR tarqalib ketganidan soʻng yana bir shartnoma imzolangan edi – Maastrixtda. Unda Rossiyani geosiyosiy “taʼsir hududlaridan” mahrum qilish masalasi koʻtarilgan edi va birinchi boʻlib taqsimlash pichogʻi ostiga Yugoslaviya tushdi.
Oʻn minglab qurbonlar, daryo boʻlib oqqan qon, aholi boshiga tushgan dahshatlar, xalqaro huquq normalarining barchasi buzilishi... Lekin “buyuk” maqsad yoʻlida qurbonlar sonini hech kim sanamaydi.
Biroz oldin shunday uslubda SSSRni ham tarqatib yuborishgan edi. Unda rus aholi turli respublikalarda qolib, tarqab ketgan boʻlsa-da ushbu talofotni munosib kutib olishdi. Rossiya ulkan mamlakatning barcha majburiyatlarini oʻz boʻyniga oldi.
Respublikalar esa tarqalib ketdi, ular SSSRdan orttirgan boyliklar uchun hech kim hech qanday koʻrinishda kompensatsiya soʻramadi. Mayda-chuyda hisob kitoblar biz uchun emas.
Rossiya bir necha avlodlar qoʻli bilan yaratilgan boyliklarni shunchaki berib yubordi. Buning evaziga esa rusofobiya, ksenofobiyada ayblovlar va Shimoliy alyansning sharqqa kengayishini oldi.
Rossiyaga bosim oʻtkazish dastaklarini qoʻlga kiritish uchun tajovuzlar boʻlayotgan vaqtda biz mamlakatni jamlab olishga harakat qilayotgan edik.
Oʻsha vaqtda millat qalbini yoʻqotishlar, qaygʻu, talofat, qashshoqlik chulgʻab olgandi. Buni hech qanday erkin bozor va yuzlab xildagi kolbasalar ham yoddan oʻchira olmaydi.
Bugun bizni “dushman” deb atayotganlar oʻsha vaqtlar Rossiyani alday olgani uchun, ehtimol xursandchilikdan “jiga” raqsiga tushgandir.
Shundan soʻng oʻz chegaralarini imkon qadar kengaytirgan YEI, ikkinchi bosqichga oʻtdi. Ham Vashington ham Bryussel ramziy maʼnoda emas haqiqiy maʼnoda Rossiyani yaqin qoʻshnilaridan ajratib olishga kirishdi.
Gruziyani muvaffaqiyatsiz boʻlsa-da ajratib olishdi, Ukrainani – ikkinchi urinishda, Belarusga kelganda – ular magʻlubiyatga uchradi. Shunda Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush eʼlon qilindi, sanktsiyalar kiritish boshlandi.
Lekin, sanktsiyalar oqibatida YEIning oʻzi katta zarar koʻrdi. Rossiya esa sanktsiyalar tufayli oʻz qishloq xoʻjaligi va boshqa qator sohalarini rivojlantirishga muvaffaq boʻldi. Hozirgi pandemiya sharoitida yevropa davlatlari iqtisodlari inqirozga duch kelayotgan vaqtda, Rossiya iqtisodi – oʻsish namoyish qilmoqda.
Yevropalik diplomat bir tomondan Rossiya urinishlariga qarshi kurashish kerak desa, boshqa tomondan “Yevropa Ittifoqi oʻz gazining 40%ini Rossiyadan oladi va hozircha buni oʻzgartirish imkoni yoʻq” deb bosh chayqaydi.
“Moskva shartnom boʻyicha barcha majburiyatlarini bajarib kelmoqda, lekin ushbu faktdan shantaj uchun foydalanmoqda”, - deb kuyunadi Borrel.
Oʻz maqolasida Jozep Borrel ikki marta “Diplomatik uslublar bilan Rossiya muammosini hal qilib boʻlmaydi” deydi. “Yevropa armiyasi” faqat qogʻozda bor ekanini yodga tutgan holda Borrel Vashingtonni ishonchli ittifoqchi deb ataydi va oxirida “Biz har qanday harakat uchun toʻliq “kiyingan va jihozlangan” boʻlishimiz kerak”, - deb xulosa qiladi diplomat.
Ushbu kontekstda “harakat” soʻzining yagona maʼnosi: YEI Rossiya bilan kelajakla qarama-qarshiliklar uchun tayyor boʻlishi kerak. (Yevropa bosh diplomatining gaplari)
Rossiya bilan bunday qarama qarshilik qanday tugashini eslatib qoʻyishi mumkin. Odatda bunday qarama-qarshilik yevropaning oʻzida yakun topadi.
Lekin kimdir tarix darslarini unutgan boʻlsa - ehtimol xotira zaifligi yoki maktabda yomon oʻqigani tufayli, Rossiya yaxshi oʻqituvchi sifatida yana bir bor doska, xarita va ukazka yordamida ushbu darsni takroran oʻtib qoʻyishimiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala