Jamiyat

K vitamini: uning yetishmasligi va koʻpayib ketishi qanday oqibatlarga olib keladi?

Ovoщi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
K vitamini suyaklar shakllanishida ishtirok etadigan oqsil ishlab chiqishga yordam beradi.
Uning yetishmasligi koʻp qon yoʻqotishga, koʻpayib ketishi esa tromboz paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Organizm uchun vitaminning yana qanday foydali jihatlari bor, qaysi mahsulotlar tarkibida koʻp uchraydi va uni qoʻllashda qanday koʻrsatmalar kerak? RIA Novosti materialida oʻqing.

K vitamini

K vitaminisiz mustahkam immunitetga ega boʻlish qiyin: ushbu modda teri va suyaklarni mustahkamlaydi, buyraklarni himoya qiladi va qon aylanishiga yordam beradi. Bu yogʻda eriydigan vitamin boʻlib, naftoxinon halqasi va alifatik yon zanjirdan iborat va ishqoriy muhitda hamda toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri ostida parchalanadi. Organizm uchun kaltsiy oʻzlashtirish va uning D2 hamda D3 (ergokaltsiferol va xolikaltsiferol bilan) vitaminlari bilan oʻzaro toʻgʻri bogʻlanishi uchun zarur.
K vitamini strukturaviy birikma sifatida C31H46O2 shaklida tasvirlangan.
Vitaminning ikkita tabiiy shakli bor:
-K1 — filloxinon (4-naftoxinon va 2-metil-1) Bu suvda erimaydigan va etil spirti, benzol, xloroform, diyetil efirda eriydigan yopishqoq sariq suyuqlik. Birikma murakkab infraqizil nurlanishga sezgir emas, lekin ultrabinafsha nurlanish taʼsirida parchalanadi. Oʻsimliklarning yashil qismida mavjud.
- K2 — menaxinon (2-metil-3-difarnezil-1,4-naftoxinon) ultrabinafsha nurlarini yuta oladigan kristall sariq kukunga oʻxshaydi. U yoʻgʻon ichakda yashovchi bakteriyalar tomonidan sintezlanadi. Mol goʻshti jigari, sariyogʻ va h.k. kabi hayvonlardan olingan oziq-ovqat bilan birga organizmga kiradi.
“Qiziq jihati shundaki, organizmda K1ning K2 ga yoki aksincha K2ning K1 ga oqib chiqishi mumkin. Shu bilan birga ikkala shakl ham suyak va biriktiruvchi toʻqimalarda metabolizmga taʼsir qiladi”, deydi gastroentereolog, diyetolog, Yekaterina Garelina RIA Novostiga bergan intervyusida.
“K1 va K2 vitaminlari kaltsiyning suyak va biriktiruvchi toʻqimalarga, miya, yurak, jigarga oʻtishi va toʻgʻri taqsimlanishiga hissa qoʻshadi. Shuningdek, ular qonning normal ivishi uchun zarur boʻlgan protrombin oqsilini ishlab chiqarishni yaxshilaydi, arteriyalarda kaltsiyning toʻplanishini oldini olib shu bilan ateroskleroz kelib chiqishi ehtimolini kamaytiradi”, deya tushuntirdi mutaxassis.
Shuningdek, uchinchi sintetik shakl - K3 yoki menadion (2-metilnaftalin-1,4-dion)- tabiiy K vitaminining sunʼiy analogi ham bor. U, masalan, yangi tugʻilgan chaqaloqlardagi gemorragik kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan va koʻrsatmalarga asosan qoʻllaniladi.
Maʼlumot oʻrnida:
Bunday vitaminning mavjudligi haqida maʼlumotlar uy parrandalariga oʻtkazilgan tajribalar sabab maʼlum boʻlgan. 1929 yili daniyalik olim Xenrik Dam joʻjalar ratsionida xolesterin yetishmasligi qanday oqibatlarga olib kelishini oʻrgangan. Maʼlum boʻlishicha, don va boshqa oʻsimliklarni isteʼmol qilmaslik mushaklarda teri osti va boshqa toʻqimalarda qon ketishini keltirib chiqaradi. Ratsionga tozalangan xolesterinni kiritish ham yordam bermaydi- patologik holat saqlanib qoladi.
Oʻrganishlar davomida olim qon ivishini yaxshilaydigan moddalar guruhlarini ajratib oladi. Bu organik birikmalar K vitamini yoki koagulyatsiya vitamini (Koagulationsvitamin) nomini oldi. Ushbu izlanish tufayli olim 1943 yili Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.
Olimning bu tadqiqoti birikmani yanada chuqurroq oʻrganishga turtki boʻldi. Natijada, 1939 yilda K vitamining ikki turi borligi maʼlum boʻldi. Birinchisi filloxinon yoki K1 turini- shveytsariyalik Paul Karrer beda oʻsimligida topgan boʻlsa, ikkinchisi menaxinon yoki K turini- amerialik olimlar Doyzi va Binkley chirigan baliq unidan topgan.
Inson salomatligi uchun vitaminning ikki turi ham zarur.

Organizm uchun ahamiyati

K vitaminining asosiy biologik vazifasi- qon aylanishi toʻla taʼminlash: vitamin koagulyatsiya jarayonida ishtirok etadigan oʻn uchta oqsildan toʻrttasini ishlab chiqaradi. Ushbu ozuqa moddasi tufayli yarani “yopib qoʻyadigan” va qon tomirlari shikastlanganda qon yoʻqotilishidan saqlaydigan quyqa hosil boʻladi.
“Vitamin qon ketishini oldini oladi, - deydi mutaxassis, - suyak toʻqimasini eritadigan, uni yoʻq qiladigan osteoklastlarga taʼsir qiladi. Natijada, suyak toʻqimalarining ortiqcha demineralizatsiya (buzilishini) oldini olgan holda eski hujayralar oʻlimi va yangi hujayralar paydo boʻlishi oʻrtasida muvozanat boʻladi”.
Skelet va qon aylanishiga taʼsir K vitamini qila oladigan yagona foydali ish emas.
K vitaminining organizmdagi vazifalari:
toʻqimalar va organlar oʻrtasida ozuqa moddalarini olib yuruvchi transport oqsillarini shakllantirishda ishtirok etadi;
kaltsiy va D vitamini oʻzaro taʼsirida vositachilik qiladi;
suyaklar, kemirchak toʻqima tuzilishi va oʻsishiga taʼsir qiladi,
shakar miqdorini muvozanalashtirib turadi;
kislorod ochligida vitamin anaerob nafas olishda ishtirok etadi;
jigar hujayralarini yoʻq qiladigan toksinlar (xususan, kumarin)ga qarshi taʼsir qiladi;
buyraklar faoliyatini yaxshilaydi, tosh paydo boʻlishi oldini oladi;
mushak spazmlari, bachadon qisqarishi uchun tabiiy ogʻriq qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi;
qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.

Homilador ayollar uchun

Homilador ayollarga K vitamini qon ketishini oldini olishda va bolaning suyak va mushak toʻqimalari toʻgʻri shakllanishida, va kuch-quvvatni tiklashda tavsiya etiladi. Muhimi shundaki, ushbu ozuqaviy moddani faqat meʼyorda istemol qilish lozim, aksincha bu nafaqat ona salomatligiga, balki bola sogʻligʻiga ham zarar keltirishi mumkin, deydi vrach –gastroentereolog, nutritsiolog Yekaterina Garelina.
“Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda K vitaminining koʻp boʻlishi gemolitik sindromning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, undan soʻng esa sariq kasalligi kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun homiladorlikning oxirgi uch oyida organizm qabul qiladigan ozuqa miqdorini qatʼiy nazorat qilish kerak”, - deya qoʻshimcha qildi mutaxassis.

Isteʼmol qilish meʼyorlari

Yevropa oziq-ovqat qoʻmitasi qaroriga koʻra, kunlik normani hisoblash uchun 1: 1 nisbatdan foydalanish kerak, yaʼni 1 kg vazn uchun 1 mkg. Biroq, aniqroq hisob-kitoblar har doim individual va yosh, jins, vazn va anamnezaga bogʻliq. Rossiyada Rospotrebnadzor tavsiyasiga koʻra, kattalar uchun kuniga K vitamini normasi 120 mkg, Shveytsariya va Avstriyada bu koʻrsatkich pastroq yaʼni ayollar uchun 60 mkg va erkaklar uchun 70 mkg boʻlishi kerak.

Vitamin tanqisligi

K vitamini har kuni oziq-ovqat bilan birga organizmga kiradi. Oziq moddalarning bir qismi mikrofloraning faolligi tufayli ichaklarda ishlab chiqariladi. Oddiy ovqatlanish bilan kattalar kuniga 50 dan 250 mkg gacha K vitamini oladi, bu meʼyorga mos keladi.
“Kattalarda K vitamini yetishmovchiligi kam uchraydi, chunki biz odatda isteʼmol qiladigan oziq-ovqatlarda koʻp miqdorda K1 vitamini mavjud. K2 vitamini organizm tomonidan oʻz-oʻzidan ishlab chiqariladi. Baʼzi dori-darmonlarni, asosan antikoagulyantlarni qabul qilish ozuqa moddalarining normal soʻrilishiga toʻsqinlik qilishi mumkin”, - deydi mutaxassis.

Vitamin yetishmasligining asosiy sabablari:

antibiotiklar va sulfanilamidlar, yurak ogʻrigʻini yengillashtiradigan dorilarni qabul qilish;
parhez vaqti yogʻ etishmasligi;
oshqozon-ichak traktining patologiyasi;
toksinlar bilan zaharlanish;
kimyoterapiya kurslari;
oshqozon osti bezining ekzokrin funktsiyasining notoʻgʻri ishlashi, unda yogʻlarning parchalanishida ishtirok etuvchi ferment - lipaza ishlab chiqarilishi buziladi;
jigar faoliyatini ishdan chiqaradigan kasalliklar (tsirroz, gepatit);
ingichka ichakning bir qismi rezektsiya qilinishi;
antikoagulyantlar qabul qilish – tromblar paydo boʻlishiga hamda gemostazga qarshi “suyultiradigan” preparatlar qabul qilish.
Organizmda K vitamini yetishmasligining birinchi belgilari burun va oshqozondan qon ketishi, teri osti va intradermal qon ketishi shaklida namoyon boʻladigan gemorragik sindromdir. Vitamin yetishmovchiligi gipovitaminozga, yaʼni charchoq kuchayishi, ishtaha yoʻqolishi, uyqu yetishmasligiga olib keladi.
“Yengil shikastlanishda ham kuchli qon ketishi, tez koʻkarishlar paydo boʻlgan odamlarda vitamin yetishmasligi seziladi, -deb tushuntiradi Garelina.- Vitamin yetishmasligi yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunga ona sutida K vitamining kam miqdorda ekani va chaqaloqning birinchi kunlarida uning mustaqil ishlab chiqarilmasligi sabab boʻladi”.

Vitaminning organizmda koʻpayib ketishi

K vitaminining haddan tashqari dozasi ozuqa moddalarining yaxshi soʻrilishi tufayli juda kam uchraydigan hodisa. Biroq, kundalik ratsionda K1 va K2 dozalarining oshib ketishi bolalarda sariq kasalligi va gemolitik anemiyaga, kattalarda esa ortiqcha terlash, teri allergiyasi va hatto trombozga olib kelishi mumkin.
"K vitaminining ortiqchasi xavfli, chunki qonning yopishqoqligi oshadi va trombozlar paydo boʻlish ehtimoli ortadi,- deydi ekspert. -Trombozga qoʻshimcha ravishda, qon tomirlari devorlarida kaltsiyning ortiqcha choʻkishi paydo boʻlishi mumkin va bu yurak-qon-tomir kasalliklari, xususan, ateroskleroz bilan ogʻrigan odamlar uchun xavfli”.
K vitaminining koʻpayib ketishi gipervitaminoz deb ataladi, uning asosiy simptomlari:
anemiya rivojlanishi;
suyak va bosh ogʻrigʻi;
terida toshmalar, qichishish;
qon bosimining koʻtarilishi;
taloq va jigar hajmining kattalashishi;
oʻt pufagida tosh paydo boʻlishi.
Gipervitaminozni davolash uchun K1 ni oʻz ichiga olgan dori-darmonlarni qabul qilishni toʻxtatish va ovqatlanishni nazorat qilish kerak. Toʻliq tiklanishgacha ozuqaviy moddalar miqdori yuqori boʻlgan ovqatlarni kunlik ratsiondan chiqarish kerak.

Vitaminlar darajasiga nima taʼsir qiladi?

Ovqatlanish va salomatlik organizmdagi K vitamini darajasiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar. Oziq-ovqatda qancha koʻp yogʻlar va koʻkatlar boʻlsa, shuncha koʻp ozuqaviy moddalar boʻladi. Shunga koʻra, notoʻgʻri ovqatlanish K vitamini yetishmasligiga olib keladi. Tadqiqotlarga koʻra, bir oydan kamroq vaqt ichida yashil sabzavotlarni isteʼmol qilmaslik filloxinon miqdorini 50% ga kamaytiradi.
Oziq moddalar darajasining pasayishi koʻpincha yoshga bogʻliq oʻzgarishlar va surunkali pankreatit, gepatit, tsirroz, xoletsistit va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi kabi kasalliklarda antikoagulyantlar qabul qilinishi bilan bogʻliq. Qandli diabet va buyrak etishmovchiligi, aksincha, K vitaminining oshishiga olib kelishi mumkin

K vitaminiga boy oziq-ovqatlar

Isteʼmol qilinadigan K vitaminining aksariyati oʻsimlik filokinonidir. U yashil oʻsimliklar hujayralarining xloroplastlarida mavjud: karam, ismaloq, piyoz, yashil choy, tsukkini va h.k kabi. Menaxonin yoki K2, organizmda sintezlanadi va tovuq, jigar, baliq, tuxum kabi hayvon mahsulotlari bilan birga organizmga kiradi.
Mahsulotlarda K vitamini miqdori

Mahsulot nomi

Miqdori

mkg/100 g

(Koʻk) choy bargi

964

Mol jigari

106

Treska baligʻi

99

Brokkoli karami

210

Bryussel karami

170

Oq karam

92

Sparja

41,6

Olxoʻri

26

Bodring

17

Sabzi

13

Tovuq goʻshti

9,8

Koʻkatlarda K vitamini miqdori

Mahsulot nomi

Miqdori

mkg/100 g

Kinza, barra koriandr

310

Koʻk piyoz

207

Ismaloq

464

Rayhon

418

Petrushka

1640

Vitaminning oʻziga xos xususiyati mahsulotlarni qayta ishlangandan keyin ham uning yaxshi saqlanishida: muzlash paytida 30% , issiqlik taʼsirida esa 5% dan koʻp vitamin yoʻqoladi. Shuning uchun nafaqat oziq-ovqat, balki malina, joʻka va yovvoyi atirgul barglaridan olingan oʻsimlik ichimliklari ham ozuqa zahiralarini toʻldirishga imkon beradi.

Vitaminning hazm qilinishi

K vitamini organizm tomonidan yaxshi soʻriladi, lekin uni toʻgʻri isteʼmol qilish kerak, deydi Garelina:
“K vitamini tanqisligini oldini olish hamda yaxshi hazm boʻlishi uchun normal miqdorda yogʻli ovqat isteʼmol qilish kerak, yogʻsiz ovqatlarni emas”, deb tushuntiradi mutaxassis.-
Yogʻ, tuxum, goʻsht va pishloq kabi yogʻli mahsulotlar K vitaminining normal soʻrilishiga yordam beradigan oʻt sekretsiyasini yaxshilaydi. Bundan tashqari, tarkibida K vitamini boʻlmagan kam yogʻli oziq-ovqatlarda tarqalishi uchun javobgar kaltsiy miqdori koʻpayadi. U yoʻq boʻlganda, ortiqcha kaltsiy qon tomirlari devorlariga toʻplanib, aterosklerozning rivojlanishiga sabab boʻladi.

Kosmetikada qoʻllanilishi

Mustahkamlovchi va himoya xususiyatlari tufayli K vitamini kosmetologiyada keng qoʻllaniladi. Qon oqimining normallashishi, qon tomirlari devorlarining mustahkamlanishi fitonadionni (dorilarda phylloquinone deb beriladi) yuz, boʻyin, qoʻl uchun terini parvarish qilish vositalarining muhim tarkibiy qismiga aylantirdi.
Vitamin kosmetologiyada quyidagilar tufayli qoʻllaniladi:
-pigmentlar bilan kurashishda;
-koʻz ostidagi qora dogʻlarni yoʻqotishda;
-kapillyarlarga zarar yetkazilganda;
-gematoma tarqalishida;
-apparatliprotseduralardan soʻng (masalan, lazerli piling);
-liposaktsiya, rinoplastika va boshqa plastik operatsiyalardan keyingireabilitatsiyada.
C vitamini, yalligʻlanishga qarshi dorilar, oʻsimlik antioksidantlari, yogʻlar va fosfolipidlar bilan birgalikda ishlatilganda fitonadionning taʼsiri sezilarli boʻladi.

Boshqa moddalar bilan oʻzaro taʼsiri

K vitamini ichaklar tomonidan yaxshi soʻrilsa, qon aylanishini normal darajada saqlaydi. Biroq, bir qator dorilar biokimyoviy reaktsiyalarni buzadi, bu esa birikmalar toʻqnashuviga olib keladi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, boshqa dorilar bilan vakolatli kombinatsiya ozuqa moddasining samarali ishlashining garovi.
“Antibiotiklar va salitsilatlar (yalligʻlanishga qarshi dori sifatida ishlatilishi mumkin boʻlgan moddalar. - tahr.) qabul qilishda ehtiyot boʻlish kerak, chunki ular ichaklarda K vitamini shakllanishiga putur etkazadi. Bu dorilarni shifokor retseptisiz qabul qilish xavfli”, - deydi gastroenterolog Yekaterina Garelina.

Vitaminning organizmga moslashuvi:

Kaltsiy miqdori yuqori boʻlgan preparatlar K vitaminining soʻrilishi va hazm qilinishiga susaytiruvchi taʼsir koʻrsatadi va ichki qon ketishini qoʻzgʻatishi mumkin.
Tetratsiklinni qabul qilish vitaminning organizmdan chiqishini tezlashtiradi.
Spirtli va gazliichimliklar, konservantlar K vitamini darajasini ikki baravar kamaytiradi.
Oziq moddalarning steroid gormonlar bilan kombinatsiyasi ikkinchisining taʼsirini kuchaytiradi.
Bilvosita antikoagulyantlar K vitamini sinteziga toʻsqinlik qiladi.
Katta miqdordagi beta-karotinni (antioksidant) olib tashlash orqali K vitamini qon ketishini oldini oladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala