Maosh 70 ming rublgacha: “Kamaz” zavodida ishlayotgan o‘zbekistonliklar haqida

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAvtomobilniy zavod "Kamaz" v Tatarstane
Avtomobilniy zavod Kamaz v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2021
Obuna bo‘lish
“Kamaz” korxonasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining yashash va ish sharoitlarini o‘rgandi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ufa shahridagi vakolatxonasi xodimlari “Kamaz” korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ushrashib, yashash va ish sharoitlarini o‘rgandi.
Ishchilar mehnat xavfsizligi va yashash joylaridagi sharoitlar tanlovlarda ish beruvchi vakillari tomonidan aytilganidek ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuvda patent rasmiylashtirish muddati cho‘zilayotgani, ish haqi miqdori, undan to‘lanadigan soliqlarning ko‘pligi va boshqa savollarga korxona mas’ullari javob berdi. Xorijiy fuqarolardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lanishi, soliqqa tortiladigan daromadlar turlari va foizlari bo‘yicha tushuncha berildi.
“Kamaz" korxonasida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari ayni paytda ish hajmiga qarab, soliqlardan tashqari 70 ming rublgacha oylik maosh olayotgani ma’lum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0