Jamiyat

Oʻzbekistonda Oliy sport mahorati instituti ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishPodgotovka shkol k nachalu uchebnogo goda
Podgotovka shkol k nachalu uchebnogo goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
“Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston prezidenti qarori tayyorlandi.
TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Turizm va sport vazirligi “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezidenti qarori loyihasini tayyorladi.
Qaror loyihasiga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bazasida uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish koʻzda tutilmoqda.
Jahon tajribasiga koʻra “spetsialitet” dasturi 5 yildan kam boʻlmasligini hisobga olib, qaror loyihasida olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining 2 yillik professional taʼlim bosqichini tugatgan bitiruvchilari taʼlimning keyingi bosqichini Institutning 3 yillik oliy taʼlim dasturini asosida davom ettirishi belgilanmoqda.
Shuningdek, Institut bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat deb eʼtirof etiladigan, magistratura darajasiga tenglashtirilgan diplom berish nazarda tutilmoqda.
Institutga olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirib olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolari boʻlgan yoshlarning sport natijalariga qarab hamda selektsiya boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Institutga qabul kvotalari davlat buyurtmasi sifatida har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari boʻyicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (selektsiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasida shakllangan olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari koʻrsatkichlari asosida belgilanadi. Bunda, Institutga umumiy qabulning 10 foizigacha Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga asosan boshqa taʼlim muassasalaridan qabul qilishga ruxsat beriladi.
Institut talabalarining umumiy taʼminoti (ovqatlanish, tibbiy biologik taʼminoti, sport musobaqalaridagi ishtiroki va boshqalar) toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala